Saudiya Arabistoni hukumati neft qazib olishni aprel oyidagi rekord daraja — sutkasiga 12,3 million barrelni maksimum sutkasiga 4 million barrelgacha qisqartirishga tayyor, deb xabar beradi Reuters.

Foto: Reuters

Rossiya hukumati esa o‘z navbatida neft qazib olishni sutkasiga maksimum 2 million barrelgacha qisqartirishga tayyorligini bildirgan. Mart oyida Rossiya sutkasiga 11,3 million barreldan neft qazib olgan.

Avvalroq Rossiya Energetika vazirligi qazib olish sutkasiga 1,6 million barrelga qisqartirilishi haqida rasman ma’lum qilgandi.

9-aprel kuni OPEK+ a’zolari neftni qazib olishni cheklash borasidagi bitimni muhokama qilish uchun videokonferensiya o‘tkazdi.

Rossiya prezideni Vladimir Putin 3-aprel kuni OPEK+ doirasida neftni qazib olishni 2020-yil birinchi choragidagi darajaga qaraganda (sutkasiga 40 million barrelga yaqin) sutkasiga 10 million barrelgacha qisqartirish lozimligini ma’lum qilgandi. AQSh prezidenti Donald Tramp ham neft qazib olinishi 10-15 million barrelga qisqartirilishiga umid bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 30-mart kuni Brent markali neft narxi 2002-yil noyabridan beri ilk bora 23 dollardan ham arzonlashdi. Mart boshidan beri neft narxi qariyb ikki baravar pastlagan.