Ijtimoiy tarmoqlarda 2020/2021-o‘quv yilida umumta’lim maktablari va akademik litsey bitiruvchilari karantin sababli imtihonsiz o‘qishga qabul qilinishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Foto: “Daryo”

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati bunday xabarlar haqiqatga zid ekanligi va vazirlik tomonidan bunday xabar tarqatilmaganini ma’lum qildi.

“Vazirlik o‘qishga qabul qilish tartibiga hech qanday o‘zgartirish kiritilmaganini ma’lum qiladi. Abituriyentlarni esa yozgi imtihon va sinovlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqiradi”, — deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi raddiyasida.