Polshaning Carlex tyuning-ustaxonasi yangi G-Class’ning maxsus versiyasini — G-Yachting Limited Editon’ni taqdim etdi. Yo‘ltanlamasning o‘ziga xosligi — kuzovidagi ikki rang, xromlangan 22-dyuymli diskalar, shuningdek, salon poli va o‘rindiqlar yoni xuddi yaxtalardagi kabi tabiiy yog‘ochdan ishlangani, deb xabar beradi Motor.

Foto: Carlex Design

“Galendvagen”ning G-Yachting Limited Edition versiyasini bo‘yalmagan metall kabi ko‘rinishga ega kumushrang kuzovi orqali osonlikcha ajratib olish mumkin. Kuzovning tepa qismi qora jilosiz bo‘yoq bilan qoplangan.

Foto: Carlex Design

Salon to‘liq yopilgan: old o‘rindiqlar charmdan ishlangan Carlex Design orginal mahsulotlari bilan almashtirilgan, pol va o‘rindiqning orqa qismi yog‘och bilan qoplangan, shift qismi alkantara (mato turi) bilan bezatilgan. Ikkinchi o‘rindiqning yoniga Yachting Edition nomli gerb tikilgan; kuzovning tokchalari zamsh bilan qoplangan. Bu kabi ranglar jilosi yo‘lovchiga yaxta kayutasini yodga solib, “dengiz”ni his qilishga yordam beradi.

Foto: Carlex Design

Foto: Carlex Design

Texnik jihatdan Mercedes-Benz G-Yachting Limited Edition versiyasi AMG G 64 kabi: 585 ot kuchiga ega 4,0 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan. Transmissiya — to‘qqiz pog‘onali “avtomat”.

Foto: Carlex Design

Carlex Design hozircha G-Yachting Limited Edition narxi va tirajini e’lon qilmadi.