“Barselona” sobiq yarim himoyachisi, hozirda Qatarning “As-Sadd” klubi bosh murabbiyi Xavi va uning turmush o‘rtog‘i Nuriya Kunillera koronvirusga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shdi.

Foto: AS

Xavi va Nuriya Barselonadagi shifoxonaga 1 million yevro miqdorida pul o‘tkazib bergan. Shifoxona matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur pullar koronavirusga qarshi kurash uchun sarflanadi.

Avvalroq “Barselona” sardori Lionel Messi va “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola Kataloniyada koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun bir million yevrodan xayriya qilgandi.

Ispaniyada 4-aprelga kelib koronavirus bilan zararlanganlar soni 125 mingga yaqinlashib qoldi. 11 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!