“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola koronavirusga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shdi.

Foto: Sky Sports

Marca’ning xabar qilishicha, 49 yoshli mutaxassis Barselonadagi xayriya fondlarining biriga 1 million yevro o‘tkazib bergan. Mablag‘ Kataloniyada koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun kerakli ashyolar sotib olishga sarflanadi.

Avvalroq “Barselona” klubi sardori Lionel Messi ham koronavirusga qarshi kurash uchun 1 million yevro xayriya qilgandi.

25-mart holatiga Ispaniyada COVID-19 virusini yuqtirib olganlar soni 42 mingdan oshdi. 2900 nafardan oshiq odam vafot etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!