Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Bolajon” telekanalida 1-apreldan boshlab 3-6 yoshli bolalar uchun “Ilk qadam” va “Aqlvoy” loyihalari asosida televizion mashg‘ulotlar boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, 3-6 yoshli bog‘cha bolalari uchun mo‘ljallangan “Ilk qadam” dasturi o‘z ichiga “Bardam bolajon”, “Mental arifmetika”, “Mohir qo‘llar”, “Lucking English”, “Bolalar oshxonasi”, “Mening diyorim”, “Ravon nutq” kabi mashg‘ulotlarni oladi.

Qayd etilishicha, “Aqlvoy” loyihasi asosan 1-sinfga tayyorlanayotgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Mazkur loyiha orqali bolalar maktabga tayyorlov mashg‘ulotlarini uyda bajarish imkoniga ega bo‘ladi.

Mashg‘ulotlar “Bolajon” telekanalida quyidagi jadval asosida namoyish etiladi:

  • “Ilk qadam” — dushanbadan jumagacha, soat 08:00 dan 12:00 ga qadar;
  • “Aqlvoy” — har kuni soat 11:00 va 15:00 da (o‘zbek va rus tillarida).
Mashg‘ulotlar vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ham joylashtirib boriladi.

Avvalroq Xalq ta’limi vazirligi 30-martdan boshlangan televizion darslar jadvallarini e’lon qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi