Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘z ish haqlarining bir qismini “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazdi.

“Bugungi kunda butun dunyo hamjamiyati koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida muhim choralar ko‘rmoqda.

Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha soha vakillari mazkur pandemiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etmoqda. Ayniqsa, xalqimizga xos mehr-muruvvat, saxovat kabi xislatlar yanada ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘z ish haqlarining bir qismini “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazib berdi”, — deyiladi press-relizda.

Fond mablag‘lari dori-darmon, tibbiy anjomlar, dezinfeksiya, shaxsiy gigiyena vositalari va koronavirusga qarshi kurashdagi boshqa choralarni moliyalashtirish, tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi