Uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 26-mart kuni O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimov 86 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: “Arboblar.uz”

Ma’lumot uchun, 1934-yilda tug‘ilgan Oxunjon Hakimov Farg‘ona davlat pedagogika institutini tugatgan. Viloyat va respublika markaziy gazetalarida, “Mehnat va turmush” jurnalida faoliyat ko‘rsatgan. Uning yigirmadan ortiq she’riy to‘plamlari va bir qator qissalari yaratilgan.

Shoirning “Ilhom vodiysi”, “Farg‘ona ruboiysi”, “Vatan qasidasi”, “Lirika”, “Dostonlar”, “Ko‘zlaringni o‘zi qora”, “Qizlar xayol sursalar” kabi she’riy to‘plamlari mashhur.

Oxunjon Hakimov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan. 2006-yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni berilgan.