Braziliyalik afsonaviy futbolchi Pelening ukasi Zeka Nasimentu 77 yoshida vafot etdi, deya xabar qilmoqda Globo Esporte.

Foto: Twitter

Peledan ikki yosh kichik bo‘lgan Zeka bir necha yillar mobaynida prostata bezi saratoni bilan kurashyotgandi. U 1961 va 1962-yillar mobaynida “Santos”da to‘p surgan. Mazkur vaqt ichida 15 o‘yinda qatnashib, 4 golga mualliflik qilgan. Keyinchalik Zeka futbolchilik faoliyatini yakunlab, oilaviy biznesda ishlashni boshladi.

Ta’kidlanishicha, dafn marosimi 26-mart, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!