FIFA tashkiloti yozgi transfer oynasini 2021-yilning yanvariga qadar uzaytirishni klublar bilan muhokama qilmoqchi, deya xabar qilmoqda The Telegraph.

Foto: Yandex Photos

Ta’kidlanishicha, mazkur qaror koronavirus sabab zararga uchragan klublar moliyaviy holatini tiklashga xizmat qiladi. Yaqin vaqt ichida FIFA bu masalani klublar bilan muhokama qiladi. Ayrim jamoalar rahbarlari bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamoqda.

Kelayotgan transfer oynasida klublar ulkan moliyaviy yo‘qotishlar sabab katta xaridlarga qo‘l urmasligi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yevropada koronavirus sabab Belarus chempionatidan boshqa barcha futbol chempionatlari to‘xtatilgan. Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi ham qoldirilgan. Yevro—2020, Tokio—2020 Olimpiadasi va Kopa Amerika—2020 musobaqalari esa 2021-yilga surilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!