So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +14°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekistonda ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatiladi

    18.03.2020, 11:47 29160

    Sayyohlik kompaniyalari, jamoat tashkilotlari va yirik sanoat korxonalariga O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar ichki turizmni rivojlantirishga doir tadbirlarni to‘xtatish tavsiya etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining Respublika maxsus komissiyasi qaroriga tayanib, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shu bilan birga, respublika hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari, teatr, kino va konsert dasturlari vaqtincha to‘xtatiladi.

    Maxsus komissiya qaroriga asosan, Transport vazirligi karantin muddati davriga to‘g‘ri keluvchi turizm maqsadida xarid qilingan havo va temir yo‘l chiptalarini, shu jumladan, ichki qatnovlar uchun chiptalarni xaridorlar tomonidan qaytarilgan taqdirda, jarimasiz qabul qilish, chipta narxini xaridorga to‘liq qaytarish yoki boshqa muddatga ko‘chirish choralarini ko‘radi.

    O‘zbekiston Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ayni damda mamlakatda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarni, shu jumladan, turistlarni o‘z mamlakatlariga qaytishi masalalarida ularga axborot ko‘magini beruvchi maxsus shtab tashkil etildi.

    Avvalroq koronavirus sababli Toshkentda 23—25-aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Tashkent Law Spring II xalqaro yuridik forumi keyinga qoldirilgandi. Shuningdek, birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi koronavirus sababli 2020-yilning kuziga qoldirilgan edi. O‘zbekistonda xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistondagi barcha kinoteatrlar vaqtincha yopiladi
    • O‘zbekistonda koronavirus sabab Navro‘z sayillari bekor qilindi
    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 nafarga yetdi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘nlab shaharlarga parvozlarni bekor qilgan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    O‘zbekistonda kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Kecha, 21:38

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?