Germaniyaning Deutsche Welle nashri JSST, SZ hamda tadqiqot va kasalliklarni profilaktika qilish markazi (AQSh)ning ma’lumotlaridan foydalangan holda, koronavirusni gripp va shamollashdan qanday farqlash haqida infografika tuzib chiqdi.

Foto: “Daryo”

Unda koronavirusning tez-tez ko‘zga tashlanuvchi belgilari etib, tana haroratining oshishi, quruq yo‘tal ko‘rsatilgan. Koronavirusga chalingan odamda shamollashdagi kabi aksirish umuman kuzatilmasligi, tumov va tomoq og‘rig‘i kabi belgilar esa kamdan kam bo‘lishi qayd etilgan.

Foto: Koronavirus Info

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15-mart, yakshanba kuni, koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgan edi. Virus 11-mart, chorshanba kuni, Fransiyadan qaytgan ayolda aniqlangan edi. Keyinroq, 16-martga kelib koronavirusga chalingan fuqarolar soni olti nafarga yetdi.

Hozirda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni olti nafarga yetdi. Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori Erkin Musaboyevning aytishicha, ularning ahvoli qoniqarli.

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bilan bog‘liq savollarga javob beruvchi 1003 yagona qisqa raqamli Call-markazni ishga tushirdi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning O‘zbekistondagi mart oyida bo‘ladigan to‘ylarga ta’sir ko‘rsatmasligi, hukumat O‘zbekistondagi diniy idoralarga diniy marosimlar o‘tkazishni vaqtincha cheklash bo‘yicha iltimos bilan murojaat qilgani aytildi. Shuningdek, barcha sport (masalan, Superliga), madaniy (jumladan, konsert) va boshqa tadbirlar, shuningdek, Navro‘z tantanalari va u bilan bog‘liq boshqa ommaviy marosimlar ham bekor qilingan. Mamlakatdagi barcha kinoteatrlar vaqtincha yopildi. Uzbekistan Airways mahalliy va xalqaro aviaqatnovlarni bekor qildi.