Koronavirus tarqalishing oldini olish maqsadida O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq sayillari bekor qilinadi. Bu haqda 15-mart, yakshanba kuni, bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Bundan tashqari, ommaviy marosimlar — uloq-ko‘pkari, kurash va boshqa odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar vaqtincha bekor qilinishi bosh vazir tomonidan e’lon qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.