• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Maktablarda psixologiya fani o‘tilishi kerakmi? Hayotiy muammolarni anglashda psixologik bilimlarning o‘rni

    Psixologiya fani o‘smirlarga qanchalik zarur? Maktabda fan sifatida qanday tashkillashtirish kerak? Bu haqda psixolog Sarvinoz Omonova fikr yuritadi.

    Foto: Sarvinoz Omonova

    Foto: Sarvinoz Omonova

    Bu maqola Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining o‘smirlarda depressiya va suiqasd holatlari statistikasi bilan boshlanishi mumkin edi. Biroq qo‘rqinchli statistikasiz ham o‘smirlarga oson emasligini bilamiz — axir hammamiz bu bosqichdan ma’lum bir qiyinchiliklar bilan o‘tganmiz.

    Kimdir tashqi ko‘rinishidan norozilik hissini tuygan, kimdir tengdoshlari bilan munosabat o‘rnatishda qiynalgan, kimgadir ba’zi fanlar og‘irlik qilgan. Na katta odam sifatida butkul tan olinish, na boladay erkalanish mumkin bo‘lgan bu davrdagi muammolarni sanab tugatish qiyin.

    Psixologik muammolarga duch kelgan katta yoshli odamning psixologga murojaat qilishi bir muncha osonroq: puli va vaqti bo‘lsa yetarli. Ammo maktab o‘quvchisiga to‘sqinlik qiluvchi bir necha omillar bor:

    • psixolog faoliyati bilan tanish emasligi;
    • maktab psixologi sir saqlashiga ishonmaslik, muammolaridan o‘qituvchi va ota-onasi xabar topishidan xavotir olish;
    • shaxsiy pullarining yo‘qligi;
    • ota-onasining “oldidan o‘tishi” kerakligi;
    • tengqurlari “jinni” deb o‘ylashidan qo‘rquv va hokazo.
    Muammolardan qiynalgan va psixolog yordamini ololmagan o‘smir yo konstruktiv (bunyodkor) yo‘ldan borishi, yo destruktiv (vayronkor) yo‘lga kirishi mumkin. Konstruktiv yo‘lni tanlaydigan o‘smirlar o‘zini tahlil qilishga moyil bo‘ladi, kitoblardan, filmlardan yechim izlaydi, fan yoki sportga o‘zini baxshida qiladi. Ammo barcha muammolariga har doim ham ijobiy yechim topolmaydi. Destruktiv yo‘ldagi o‘smir zararli odatlarga beriladi, ichki kurashini tashqariga ko‘chiradi — yaqinlari bilan ziddiyatlarga boradi, ba’zi hollarda suiqasdga qo‘l urishi ham mumkin.

    Odatda, maktabda o‘tiladigan fanlar bilimni oshirishga qaratilgan bo‘ladi. Psixologiya fanining joriy etilishi nafaqat o‘smirning psixika haqidagi bilimlarini kengaytirishi, balki o‘z-o‘ziga yordam vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Maktab psixologining hamma o‘quvchi bilan ishlashga vaqti yetmasligi, asosan, muammosi og‘ir o‘quvchilar bilangina ishlashini hisobga olsak, psixologiya fani o‘tilishi boshqa o‘quvchilarning psixologik bilimlarga bo‘lgan chanqog‘ini qondiradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Keling, psixologiya fanining o‘tilishi zarurligini belgilovchi sabablarni ko‘rib chiqaylik:

    • O‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir qiladi
    Diqqat, xotira, idrok singari bilish jarayonlari haqidagi darslar bolaning o‘z imkoniyatlarini aniqlashga, keyingi o‘quv faoliyatini shu asosda tashkil qilishiga yordam beradi. “Nega men darslarni sinfdoshlarimdan ko‘ra yomon o‘zlashtiryapman? Menga nima qilgan?” singari savollar bo‘lmaydi. O‘quvchi fanlarni o‘zlashtirishda shaxsiy — o‘zi uchun mos usullar qo‘llashni boshlaydi. Darslarda o‘qituvchi bilan birga diqqat va xotirani rivojlantiruvchi metodikalar bilan ishlash qo‘shimcha yordam bo‘ladi.
    • Shaxslararo munosabatlar qurishi osonlashadi
    O‘smirlik davrida, asosan, uch xil munosabatlarda muammolar kuzatiladi: ota-ona bilan, tengqurlari bilan, sevgan qizi/yigiti bilan munosabatlarda. O‘z ichki kechinmalarini yetkazolmaslik, hissiyotlarini boshqarolmaslik, shaxsiy chegaralarini bilmaslik bu munosabatlarni qiyinlashtiradi.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har yili 180 nafar o‘smir tengqurlari tomonidan qilingan zo‘ravonlik tufayli halok bo‘ladi. O‘z joniga qasd qilish holatlarining asosiy sababi esa oilaviy ziddiyatlarga borib taqaladi.

    Muomala qilish, sevgi, shaxsiy chegaralarga oid darslar yuqoridagi muammolarni hal qilishda foydali bo‘ladi.

    • Quvvatini yo‘naltirishni o‘rganadi
    Energiyani to‘g‘ri boshqarish — hayotni to‘g‘ri tashkillashtirish demakdir. Fiziologik hamda emotsional o‘zgarishlar tufayli o‘smir qanday yo‘l tutishni bilmay qolishi mumkin. Ba’zida dunyoni ishg‘ol qilishga yoki vayron qilishga yetadigan kuchi borligini his qiladi. Dam olish turlari, sublimatsiya (ichki energiyani san’at, fan, sportga yo‘naltirish) haqidagi darslar o‘smirga hayotini tashkillashtirishda yordam beradi.
    • O‘zini yaxshiroq anglaydi
    Temperamenti, xarakteri, qobiliyatlarini bilib oladi. O‘smirlik — o‘zini anglashga intilish eng kuchayadigan davr. Xulq-atvoriga nisbatan o‘qituvchilari va ota-onasi tomonidan noroziliklar, tengdoshlari bilan munosabatlardagi qiyinchiliklar o‘zini o‘rganishga undaydi. “Nega men bunaqaman?” degan savol qiynaydi. Xarakterlar tipologiyasi, intorversiya-ekstroversiya, temperamentlar haqidagi mavzular o‘smir uchun qiziq bo‘lib, o‘zi va boshqalarni anglashiga yordam beradi. Qobiliyatlar haqidagi mavzu bilan tanishish o‘zini qobiliyatsizlikda ayblashga yakun yasaydi, qanday faoliyat bilan shug‘ullanish uning o‘zini namoyon etishiga yordam berishini tushunadi.
    • Stress, depressiya holatlari bilan kurashishni o‘rganadi
    Stressning qanday paydo bo‘lishidan xabardorlik, emotsional stress hamda informatsion stressni farqlay olish, qiyin vaziyatlardan chiqish yo‘llari bilan tanishish darslari o‘smirga asqotishi tayin.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos
    • Qaramliklar, zararli odatlardan profilaktika
    Oilaviy muammolar, tengdoshlarining undashi, kuchli ko‘rinish istagi tufayli o‘smir alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni boshlashi mumkin. Bundan qo‘rqqanlari esa “zararsizroq” tuyulgan — kompyuter o‘yinlari va internetga qaramlikni boshdan kechiradi. Psixik salomatlik uchun qanday turmush tarzi kechirish, qaramliklar qanday paydo bo‘lishi, oqibatlari, ulardan chiqish yo‘llari haqidagi darslar yuqoridagi muammolarning oldini olish yoki ularni hal qilishda yordam beradi.
    • Tashqi ko‘rinishini qabul qilishga yordam beradi
    O‘smirlik davrida tanada yuz beradigan o‘zgarishlar o‘ziga nisbatan bahoga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladi. Odatda, qizlarning qomatini qabul qilolmasligi anoreksiya va bulimiya singari kasalliklarga olib keladi. Yagona go‘zallik standartlari yo‘qligi, har bir odam o‘z holicha jozibali bo‘lishi mumkinligi, tanasini qabul qilolmaslik qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini tushuntirish darslari juda zarur.
    • Fiziologik o‘zgarishlarga oid muammolar oldini oladi
    Fiziologik o‘zgarishlar o‘smirda bir qancha savollarni uyg‘otadi. Ota-onasi bilan ochiq bu mavzularda gaplashishga qiynaladigan o‘smir tengqurlari yoki internetdan olgan “ko‘cha tajribasi” bilan nojo‘ya xatti-harakatlar qilib qo‘ymasligi uchun fan orqali tushuntirishlar berish lozim. Jinsiy organlar tuzilishi, fiziologik o‘zgarishlar haqida tasavvurlarning yo‘qligi yoki noto‘g‘riligi yuqumli kasalliklar hamda erta homiladorlik holatlariga sabab bo‘lishi mumkin. Bularning oldini olish uchun fiziologik o‘zgarishlarga doir darslar o‘tilishi ham foydadan holi emas.

    Psixologiya fanining maktabda o‘tilishi zarurligiga yuqorida sanab o‘tilgan omillar yetarli deb hisoblasak, endi darslarni tashkillashtirishga oid bir qator jihatlarga ham nazar solish lozim.

    • Psixologiya majburiy fan sifatida o‘tilsa, uni majburan o‘rganishga, imtihon topshirishga to‘g‘ri keladi. O‘quvchi fanni yomon ko‘rib qolmasligi, undan qochmasligi uchun psixologiyaning fakultativ dars sifatida o‘tilishi ma’qul.
    • Psixologiya darslari odobnoma, ma’naviyat soati darslariga aylanib qolmasligi, ilmiy tushuntirishlar ustuvor bo‘lishi lozim.
    • Dars nazariy hamda amaliy qismlardan iborat bo‘lishi, o‘qituvchi tomonidan fanga oid bilimlar berish bilan birga metodikalar bilan ishlash, treninglar o‘tkazish ham foydali bo‘ladi.
    • Psixologiya fani 5-sinfdan 11-sinfgacha o‘tilishi, darslar o‘quvchining yoshi hamda idrok qila olish imkoniyatini hisobga olib tashkillashtirilishi kerak. Bitta mavzu faqat bitta sinfda o‘tilmasligi, soddadan murakkabga qarab rivojlantirilgan holda bir necha sinflarda o‘tilishi ham mumkin.
    • Fanni “Umumiy psixologiya”, “O‘smirlik davri psixologiyasi”, “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi”, “Oila psixologiyasi”, “Psixogigiyena” singari tarmoqlarga ajratgan holda o‘tish ham mumkin.
    Alifboni bilmasangiz, yozuvni o‘qiyolmaysiz. Psixologik bilimlar hayotiy muammolarimizni anglashimiz uchun alifboday xizmat qiladi. Ular bilan qancha ertaroq tanishsak, shuncha yaxshi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    11.03.2020, 19:09   Izoh (0)   55963
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.