Shavkat Abdurazzoqovni O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlash haqida Qonunchilik palatasining qarori qabul qilindi.

Shavkat Abdurazzoqov

Foto: Namangan shahar hokimligi axborot xizmati

Deputat Rasul Kusherbayevning xabar berishicha, bu masala 5-mart kuni palataning yalpi majlisida ko‘rib chiqildi.

Shavkat Abdurazzoqov 1976-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Namangan sanoat-texnologiya instituti hamda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U 2015—2017-yillarda Namangan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan, fevral oyida Vazirlar Mahkamasi departamenti mudiri etib tayinlangan. 2017-yilning iyul oyidan buyon Namangan shahari hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.