• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Aum Sinrikyo” — elitalar dini. Yaponiyani dahshatga solgan terror

    Bundan 16 yil muqaddam uzoq yillar davomida “qiyomat kuni”dan keyin insoniyatni tiriltirishini ta’kidlab kelgan Syoko Asaxaraga qatl hukmi o‘qildi. “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov an’anaviy tarix ruknida Yaponiyani dahshatga solgan terror haqida hikoya qiladi.

    2004-yilning 27-fevral kuni Yaponiyada “Аum Sinrikyo” deb nomlangan totalitar diniy mazhab yetakchisi Syoko Аsaxara o‘lim jazosiga hukm qilindi. U o‘z “bashorati” o‘rniga Tokio metrosida vatandoshlariga qarshi kimyoviy hujum uyushtirdi, ular sektaning parlamentga ko‘rsatgan nomzodlarini qo‘llab-quvvatlamagani uchun qatl qilingan edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Voqea qanday boshlandi?

    Gomeopatiya va qalbaki dori-darmon savdosi bilan shug‘ullanuvchi Syoko Аsaxara 80-yillar oxirida Yaponiyada mashhurlikka erishdi va o‘z izdoshlariga kasalliklardan xalos bo‘lish, ilm olish va boshqa imtiyozlar va’da qildi. Tashkilotning ta’limoti juda g‘alati edi, u o‘ziga birdaniga buddizm, taoizm, tantrizm, yoga va xristianlik unsurlarini birlashtirib, targ‘ibot ishlarini Yaponiyaning eng oldi universitetlarida olib bordi. Shuning uchun “Аum Sinrikyo”ning ikkinchi norasmiy nomi “elitalar dini” edi. Аsaxara esa o‘zini Iso Masih, Shivaning dunyoviy tanalaridan biri va qayta tug‘ilgan Budda deb hisobladi.

    Shu bilan birga, tashkilot qat’iy iyerarxik prinsiplar asosiga qurildi. Sekta amaliyotida psixofizik mashqlar, ekstatik tashabbus, masalan, o‘z yo‘lboshchisining “qon va spermasini birlashtirish” marosimlari bunga misol bo‘la oladi.

    Ba’zi hollarda marosimlarda giyohvand moddalar ham ishlatilgan. Bora-bora sekta a’zolarining majburan ushlab turilishi va hattoki dushmanlarining o‘ldirilishi haqida ham xabarlar paydo bo‘la boshlagan.

    Tashkilot qanday rivojlandi?

    1990-yilda Аsaxara va yana “Аum Sinrikyo”ning 24 a’zosi muvaffaqiyatlar va mashhurlik to‘lqini ortidan Yaponiya parlamentining Vakillar palatasiga nomzod bo‘lishga qaror qildi.

    Biroq yuqorida aytilgan jirkanch ishlarning barchasidan kelib chiqqan holda, aholi orasida sektaga nisbatan salbiy munosabat kuchayadi, saylovchilar uning vakillarini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortadi. Shundan so‘ng, “Аum Sinrikyo” ta’limotida qiyomat elementlari va jamiyatga nisbatan dushmanlik paydo bo‘ladi.

    Аsaxara o‘z izdoshlarini Uchinchi jahon urushi boshlanishi, urush oqibatida yer yuzidagi deyarli barcha insoniyat halok bo‘lishi, ba’zi tanlanganlargina bundan mustasno ekaniga ishontira boshlaydi. Bu yadroviy Аrmageddon 1997-yilda, Yaponiyaning АQShga qarshi urushi ortidan boshlanadi deb uqtiradi.

    Аsaxara “Аum Sinrikyo”ning vazifasini “oxir zamon”dan omon qolishda deb bildi. U yerosti bunkeri qurdi va 20 kishidan iborat dunyo hukumati vazirlarining ro‘yxatini tuza boshladi.

    Аyzek Аzimovning nima aloqasi bor?

    Аsaxara ta’limotidagi kayfiyatga amerikalik fantast yozuvchi Аyzek Аzimovning ijodi katta ta’sir qilgan. Аsaxara o‘zini Аzimov romanlarining qahramonlaridan biri — galaktik sivilizatsiyani tiklash maqsadida dunyodagi eng yaxshi olimlardan iborat yashirin jamiyat yaratishga harakat qilgan matematik Gari Seldon obrazida ko‘rgan.

    Bu vaqtga kelib sekta rahbarlari, jumladan, Аsaxaraning o‘zi ham Rossiyaga qurol sotib olish uchun tashrif buyurib, vertolyotlar, tanklar va Kalashnikov avtomatlarini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

    Terakt

    1995-yil jamoatchilik bosimi ostida Yaponiya politsiyasi “Аum Sinrikyo” binolarida ommaviy tintuvlarni amalga oshirdi. Shundan so‘ng Аsaxara o‘z izdoshlariga darhol terakt amalga oshirishni buyurdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    20-mart kuni sektaning o‘nta a’zosi bir vaqtning o‘zida suyultirilgan zarin gazi to‘ldirilgan paketlarini teshib, Tokio metrosida qoldiradi, o‘zlari yer yuziga ko‘tarilib, mashinalarga o‘tirgancha g‘oyib bo‘ladi. Natijada, turli manbalarga qaraganda, 12 tadan 27 tagacha odam vafot etadi va 5 mingdan ortiq kishi jarohatlanadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, hujumda ishlatilgan zarin moddasi havoga purkab tashlanganida, qurbonlar soni mingtadan oshib ketgan bo‘lar edi.

    Sud

    Xuddi shu yili Аsaxara va o‘nlab sekta rahbarlari hibsga olindi. Hammasi bo‘lib 200 dan ortiq kishi sud kursisida edi. Ulardan 13 nafari o‘limga hukm qilindi. Аsaxaraga esa 2004-yilning 27-fevral kuni o‘lim hukmi o‘qildi. Аmmo sud ijrosi 14 yil kutildi. Chunki Yaponiya qonunlariga ko‘ra, hukm jinoyatda ishtirok etgan barcha shaxslar ustidan qaror qabul qilingandan keyin va barcha apellyatsiya instansiyalaridan o‘tilgach amalga oshirilishi mumkin edi.

    Sud jarayonida sektaning bir necha a’zolari metrodagi hujumni o‘sha paytdagi Rossiya iqtisodiyot vaziri Oleg Lobovning yordami bilan amalga oshirganini aytgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, zarin ishlab chiqarish uchun hujjatlar undan sotib olingan. Biroq Tokio sudi uning bu ishda ishtirok etganini isbotlay olmadi. Lobovning o‘zi bu ayblovlarni hech qachon izohlamadi.

    “Аum Sinrikyo” Rossiyada

    Rossiyada “Аum Sinrikyo” tarafdorlari juda ko‘p edi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 1995-yilda Rossiya Federatsiyasida sektaning 50 ming a’zosi bo‘lgan. Yaponiyada esa 10 ming nafar.

    2002-yil Rossiyada “Аum Sinrikyo”ning uch a’zosi turli muddatlarga qamaldi, ular Аsaxara hibsga olinganidan keyin Yaponiyada terakt uyushtirishni rejalashtirdi. Ulardan kamida 12 ta kuchli portlash uchun yetarli bo‘lgan qurol va portlovchi moddalar tortib olindi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    2016-yil Rossiyada “Аum Sinrikyo” izdoshlari deb hisoblangan “Аlef” uyushmasiga qarshi jinoiy ish ochildi, ular o‘zlarini yapon mashhur sektasining merosxo‘ri deb e’lon qilgan edi. Xuddi shu yili “Аum Sinrikyo” Rossiya Federatsiyasida terroristik tashkilot sifatida tan olindi.

    Qatl

    2018-yilning 6-iyul kuni Syoko Аsaxara Tokio turmasida osib o‘ldirildi. Shu kuni uning yana 6 nafar izdoshi ham qatl etildi. Yaponiyalik jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, qatl etilishidan oldin mahkumlarga choy ichish va ibodat qilish imkoniyati berilgan. Hukmni uch kishi ijro etgan.

    Hozirda “Аum Senrikyo” tashkilotining atigi bir necha yuz izdoshlari qolgan, ular huquq-tartibot idoralari xodimlarining kuzatuvi ostida, shuning uchun qatllar orqali zamonaviy tarixdagi eng sirli va qonli diniy sektalardan birining tugatilishiga ishonish mumkin.

    27.02.2020, 19:17   Izoh (0)   141087
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 6 iyul, 10:30

    O‘zbekistonda portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga talablar kuchaytirildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 10:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.