Artel kompaniyasi TUV International Certification Germaniya xalqaro sertifikatlash tashkilotining qayta sertifikatlash auditidan o‘tdi.

Sifat menjmenti sertifikatini tatbiq etish korxona faoliyatini ko‘rsatkichlarini ko‘tarish va kompaniyaning muntazam rivojlanishi yo‘lida bosilgan muhim qadamlardan biridir. ISO 9001:2015 sertifikatiga muvofiqlik Artel kompaniyasi yuqori darajada ishonchliligi, mahsulotlari esa iste’molchilar talablariga to‘liq javob berishi haqida yaqqol darak beradi.

2017-yilda Artel kompaniyasida sifat menejmenti xalqaro talablarga mosligi bo‘yicha sertifikatlash o‘tkazilgan edi. Ushbu sertifikatning muddati 3 yilni tashkil etgan. 2018 va 2019-yillarda sertifikatlash tashkiloti Artel kompaniyasining sifat menejmenti xalqaro talablarga mosligi bo‘yicha audit o‘tkazgan edi. 2020-yilda esa kompaniya sertifikati yana 3 yilga uzaytirildi.

ISO 9001:2015 sifat menejmenti sertifikati Artel kompaniyasi uchun bir qator imkoniyatlar yaratadi. Misol qilib aytganda, ushbu sertifikat chet ellik kompaniyalar bilan hamkorlikni davom ettirish, jahon bozorlarida o‘z mahsulotlarini taqdim etish, xalqaro tenderlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etish hamda chet ellik investorlarni jalb etishda muhim o‘rin egallaydi.

Qayta sertifikatlash davomida Artel kompaniyasi rahbarlari sifat menjmenti tizimini tatbiq etish bo‘yicha maxsus treninglarda qatnashishdi va trening oxirida o‘tkazilgan imtihonni muvaffaqiyatli topshirdi.

Artel kompaniyasi muntazam rivojlanadi, korxonadagi mehnat jarayonlari esa to‘xtovsiz takomillashtiriladi. Artel zavodlarida ishlab chiqarish sifati, bajarilayotgan vazifalar ko‘rsatkichlari esa doimo nazorat ostida. Aynan shu omillar sertifikatlash imtihonlarini muvaffaqiyatlik bilan topshirishga imkoniyat yaratdi. Artel kompaniyasi muntazam ravishda o‘z ustida ishlaydi, iste’molchilar talablarini to‘liq qondirish va yurtimiz aholisiga shinamlik yaratish — kompaniya shioridir. ISO 9001:2015 sifat menjmenti sertifikati esa buni yana bir bor isbotlaydi.

Reklama huquqi asosida.