• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oltinsoydagi aholi va hokimiyat vakillari to‘qnashuvi yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi

    O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumani “Xalqobod” mahallasida aholi va hokimiyat vakillari o‘rtasida yuz bergan nizoli holat yuzasidan bayonot berdi.

    Kadr: Telegram

    Kadr: Telegram

    Ma’lum bo‘lishicha, “Oq-oltin manzarasi” fermer xo‘jaligiga qarashli paxta va g‘allaga mo‘ljallangan ekin yer maydonining jami 0,39 gektari olti fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda egallab olingan, 235,35 kvadrat metr maydonida esa yashash imkoniyati mavjud bo‘lmagan uy-joy binolari qurib olingan.

    Mavzuga doir: Surxondaryoda uyi buzilishidan norozi aholi va IIB xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi (video)

    Holat bo‘yicha 8-fevral kuni ishchi guruh a’zolari — tuman hokimi Alisher Jumayev, prokurori T.Berdimurotov, IIB boshlig‘i A.Mirzayev, yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi boshlig‘i J.Bobomurodov va boshqalar tomonidan noqonuniy qurilish qilgan fuqarolarga ushbu yer maydoni fermer xo‘jaligi tasarrufida ekanligi ma’lum qilinib, fuqarolarning o‘z hisoblaridan o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarini buzib olishlarini va ularga boshqa manzildan uy qurishlari uchun yer berilishi haqida tushuntirib o‘tilgan.

    Noqonuniy ravishda qurilish qilib olgan fuqarolarning iltimosiga asosan ularga o‘zlari hisobidan binolarni buzib olishlari uchun ikki kun muddat berilgan. Biroq 14-fevral kuni ishchi guruh a’zolari yuqorida ko‘rsatilgan manzilga borib ko‘rilganida, uch nafar fuqaro o‘zboshimchalik bilan qurilgan uyga yashash imkoniyati mavjud bo‘lmagan bo‘lsa-da, ko‘chib kirib olganligi aniqlangan.

    “Ishchi guruh tomonidan noqonuniy qurilgan uy-joylarni buzib olishlari tushuntirilganida, avvaldan to‘planib turgan fuqarolar hokimiyat vakili va IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

    Noqonuniy qurilgan uylarni buzishni imkoniyati bo‘lmaganligi sababli ishchi guruh a’zolari ortiga qaytib ketgan. Shu kuni soat 15:00 chamasida ishchi guruh tomonidan yuqoridagi manzilga borilganda, yuqoridagi fuqarolar va ularning qarindoshlari qo‘llarida benzin, tayoq, belkurak, tosh va boshqa narsalar bilan qurollangan holda ishchi guruh oldiga chiqishgan.

    “Ushbu holatda jamoat tinchligini saqlash va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarning oldini olish maqsadida tuman IIB xodimlari jalb qilingan”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

    Hokimiyat vakillari va tuman IIB xodimlari tomonidan tushuntirilishiga qaramasdan fuqarolar hokimiyat vakillari va IIB xodimlariga qo‘llaridagi narsalar bilan tashlanib ketishgan. Ushbu jarayonda ikki nafar tuman IIB xodimlari hamda bir nafar fuqaro tan jarohati olgan.

    “Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltinsoy tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda”, — deya qo‘shimcha qilingan Bosh prokuratura axborotida.

    16.02.2020, 14:39   Izoh (0)   81347
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston YPX xodimlari boshlig‘i Qashqadaryoda yo‘lovchi tashuvchi uyushma rahbarlari bilan uchrashdi

    16.02.2020, 14:10

    Chilonzorda “Jiguli” va Isuzu to‘qnashuvi oqibatida bir haydovchi halok bo‘ldi

    16.02.2020, 13:13

    O‘zbekiston UNESCO’ning yana bir konvensiyasi ishtirokchisi bo‘ldi

    16.02.2020, 12:54

    Sergelida Lacetti uch piyodani urib ketdi. Jabrlanuvchilarning barchasi halok bo‘ldi

    16.02.2020, 12:12

    Toshkentda tadbirkordan 34 ming dollar pora olgan “bozorqo‘m” o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    16.02.2020, 11:32

    Sirdaryo IES yaqinida quvvati undan 1,7 baravar yuqori bo‘lgan yangi IES quriladi

    16.02.2020, 11:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.