Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 25-turida PSJ 15-fevral, shanba kuni “Amyen”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Gollarga boy bo‘lgan bahsda 4:4 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Dastlab maydon egalari ketma-ket uchta to‘p kiritgan holda oldinga o‘tib oldi. Bunga parijliklar 17 yoshli Nyansu Kuassining dubli, Ander Errera va Mauro Ikardining gollari bilan javob qaytardi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Seru Girassi “Amyen”ning to‘rtinchi golini urgan holda muvozanatni tikladi.

PSJ 62 ochko bilan Fransiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda, “Amyen” (21) esa 19-o‘rindan joy olgan.

Liga 1

25-tur bahsi

15-fevral, shanba

“Amyen” – PSJ 4:4

Gollar: 1:0 – 5 Girassi, 2:0 – 29 Kakuta, 3:0 – 40 Diabate, 3:1 – 45 Errera, 3:2 – 60 Kuassi, 3:3 – 65 Kuassi, 3:4 – 74 Ikardi, 4:4 – 90+1 Girassi.

“Amyen”: Gyurtner, Sheju, Kalabrezi (Jalle, 79), Opoku, Aleesami, Kakuta, Blen, Otero (Kornett, 78), Zungu, Diabate (Mbenza, 84), Girassi.

PSJ: Navas, Bakker, Tiago Silva (Markinyos, 46), Kuassi, Guye (Verratti, 46), Errera, Paredes (Bernat, 61), Draksler, Di Mariya, Ikardi, Kavani.

Ogohlantirishlar: Bakker (49), Blen (71), Kakuta (81), Girassi (90), Verratti (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi