• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev klasterlarni tashkil qilish masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-fevral, juma kuni, meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil qilish, paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd eilishicha, davlat rahbarining 2019-yil 23-oktabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilindi. Oliy Majlisga Murojaatnomada barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ham aniq yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi.

    2025-yilgacha mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmini 100 milliard dollar, yillik eksportni 30 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun qishloq xo‘jaligi sohasida ham juda katta rezerv va imkoniyatlar bor, deyiladi xabarda.

    Meva-sabzavot eksportini tizimli tashkil qilish, mahsulot ishlab chiqaruvchi bilan eksportyor o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida meva-sabzavotchilik va uzumchilikda ham klaster tizimi joriy qilinmoqda.

    Ta’kidlanishicha, Prezidentning 2019-yil 11-dekabrdagi qarori bilan bu boradagi barcha tashkiliy-huquqiy asoslar yaratib berildi.

    Videoselektor yig‘ilishida meva-sabzavotchilik va uzumchilik klasterlari faoliyatini samarali tashkil qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

    Avvalo, tizimdagi shartnomaviy munosabatlarni to‘g‘ri shakllantirish, mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksportchining manfaati, majburiyati hamda javobgarligini aniq belgilash muhimligi ta’kidlandi.

    Klasterlar takliflari asosida eksportbop ekinlarni joylashtirib, zarur urug‘lik, ko‘chat, mineral o‘g‘it, yoqilg‘i masalasini hal qilish va ularning ta’minotini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Joylarda klasterlar faoliyatini samarali tashkil etishga viloyatlar va tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari shaxsan mas’ul etib belgilandi.

    Markaziy bank va tijorat banklari rahbarlarining o‘rinbosarlaridan biri meva-sabzavotchilik klasterlarini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash va ular tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga mas’ul qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad — eksport hajmini oshirish. Buning uchun esa yangi bozorlarni topish kerak. Bozor bo‘lmasa, eksport ham bo‘lmaydi, klaster tizimi ham yurmaydi. Shuning uchun chet ellardagi talabni muntazam o‘rganib, imkoniyatlardan samarali foydalanish, eksportda izchillikni ta’minlash kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga tashkil etilayotgan har bir klaster bilan individual ishlab, eksport shartnomalarini chuqur tahlil qilish, aylanma mablag‘lar ajratilishini hisobga olib, qo‘shimcha shartnomalar tuzishga ko‘maklashish vazifasi yuklatildi.

    Yig‘ilishda viloyatlar hokimlari meva-sabzavot klasterlarini tashkil qilish, bozorbop mahsulotlar yetishtirish va qayta ishlash, eksport hajmi va geografiyasini kengaytirish borasidagi rejalari yuzasidan axborot berdi.

    Paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish, davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan qadamma-qadam voz kechish masalalari ham yig‘ilishda batafsil muhokama qilindi.

    Prezident Oliy Majlisga Murojaatnomasida ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish zarurligini ta’kidlagan edi.

    Ma’lumki, bu boradagi birinchi qadam sifatida qolipli non, un, bug‘doy, chigit, paxta yog‘i narxi erkinlashtirilgan edi. Bunga puxta tayyorgarlik ko‘rilgani natijasida narxlarda keskin o‘zgarish bo‘lmadi, deyiladi xabarda.

    Paxta va g‘allaga davlat buyurtmasini bekor qilish masalasida ham Jahon banki ekspertlari ishtirokida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

    “Bu yil qishloq xo‘jaligida katta islohotlarni boshlayapmiz. Hokimlar bu masalani chuqur tushunib, ichiga kirishlari shart. Endi orqaga yo‘l yo‘q. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini erkinlashtirmasak, manfaatdorlikni oshirmasak, iqtisodiy o‘sish va samaradorlikka erishib bo‘lmaydi”, — dedi Prezident.

    Yig‘ilishda klasterlar faoliyatining samaradorligini oshirish va ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalasi ham atroflicha tahlil qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Adliya vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga klasterlarning huquq va majburiyatlarini belgilab, ularning faoliyatini tartibga solish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

    Paxta yetishtirishning amaldagi tizimi fermerlar va klasterlar o‘rtasida moliyaviy jihatdan ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda. Bu bir tarafdan paxtani qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mablag‘ yetishmasligini keltirib chiqarsa, ikkinchidan, paxta yetishtirgan fermer xo‘jaliklari bilan hisob-kitob qilish imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda.

    Shu bois klasterlar moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, ularda mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlashni alohida faoliyat turi sifatida kreditlash tizimini joriy etish zarurligi ta’kidlandi.

    Paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan joylarda paxta tozalash zavodlari negizida fermerlar kooperatsiyalari yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

    Bu tajriba Turkiyada o‘zini oqlagan. Ushbu tizimning eng muhim jihati — fermerlar nafaqat paxta xomashyosini, balki uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni (tola, chigit, shrot, sheluxa) sotishdan ham manfaatdor bo‘ladi.

    Yana bir ahamiyati — paxta yetishtirishda raqobat shakllanadi. Klasterlar va kooperativlar o‘rtasida raqobat bo‘lsa, bundan faqatgina fermerlar, ya’ni yer egalari bo‘lgan dehqonlar manfaatdor bo‘ladi.

    Paxta va g‘alla yetishtirishda davlat buyurtmasi bekor bo‘lsa, ilgarigidek reja ortidan quvish barham topadi. Endilikda hokimlar xalq deputatlari kengashi bilan birga ekin yerlaridan samarali foydalanish va ekin turlarini to‘g‘ri joylashtirishga mas’ul bo‘ladi. Ular, shuningdek, qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini yaxshilash, irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, ushbu maqsadlarda ajratilayotgan mablag‘lar va subsidiyalardan samarali foydalanish ishlarini tashkil etadi. Dehqonlarga servis xizmatlari ko‘rsatish, zararkunandalarga qarshi qurashish, paxta yig‘im-terimida mexanizatsiya darajasini oshirish choralarini ham ko‘radi.

    Videselektor yig‘ilishida g‘alla hosilini g‘amlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

    Qayd etilganidek, g‘allani davlat ehtiyoji uchun majburiy sotib olish tizimidan davlat zaxiralari tizimiga o‘tilmoqda va fermerlarga g‘allani erkin sotish huquqi berilmoqda. Bu masala oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lganligi bois davlatga majburiy g‘alla sotish tizimi ikki bosqichda bekor qilinishi rejalashtirilgan.

    Bu yil yetishtiriladigan g‘alla hosilidan davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan hajmi kamaytiriladi. Ya’ni, mamlakat bo‘yicha bu yil qo‘shimcha 1 million tonnadan ortiq g‘alla fermerlar ixtiyorida qoladi.

    2021-yil hosilidan boshlab esa davlatga g‘alla sotish rejasi to‘liq bekor qilinib, mahsulotni bozor narxlarida sotib olish yo‘lga qo‘yiladi.

    Prezident bu o‘zgarishlarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

    Yer ajratish borasidagi muammolar ko‘rib chiqildi. Sug‘oriladigan maydonlar talon-torojiga chek qo‘yish, har bir qarich yerdan xalq manfaati yo‘lida samarali foydalanish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Shundan kelib chiqqan holda, joylardagi mutasaddilarning mas’uliyati va javobgarligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

    14.02.2020, 20:04   Izoh (0)   45021
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev: Mabodo koronavirus respublikamizga kirib kelsa, bu bo‘yicha tayyorgarligimiz bor

    14.02.2020, 19:34

    “Ba’zi voqealar sabab prokurorlarning kayfiyati sinib qoldi”. Svetlana Ortiqova tizimdagi poraxo‘rliklar haqida gapirdi

    14.02.2020, 19:19

    O‘zbekistonda dam olish kunlari shamol tezligi kuchayib, yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

    14.02.2020, 19:03

    Svetlana Ortiqova “snos”lar haqida: Haqiqatdan sharmandali ishlar bo‘ldi

    14.02.2020, 18:33

    O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 10 nafar rektor ishdan olindi

    14.02.2020, 18:18

    Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev: Mening idoram — prokuraturaning ham vakolatlari jiddiy qisqardi

    14.02.2020, 17:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.