Futbol bo‘yicha Italiya Kubogi yarim finalida “Milan” 13-fevral, payshanba kuni “Yuventus” bilan bahs olib bordi.

Foto: Twitter/@acmilan

Qarama-qarshilikning dastlabki o‘yinida durang natija qayd etildi. Uchrashuvning 61-daqiqasida Ante Rebich maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Krishtianu Ronaldu penaltini aniq amalga oshirgan holda hisobni tenglashtirdi.

Mazkur jamoalarning javob o‘yini 4-mart kuni Turinda bo‘lib o‘tadi.

Italiya Kubogi

Yarim final, ilk o‘yin

13-fevral, payshanba

“Milan” — “Yuventus” 1:1

Gollar: 1:0 — 61 Rebich, 1:1 — 90+1, penalti Ronaldu

“Milan”: Donnarumma, Kalabriya, Romanoli, Teo, Ker, Kastilyexo (Salemakers, 80), Kessie, Bennaser, Chalxano‘glu (Lukas Paketa, 87), Ibragimovich, Rebich (Laksalt, 74).

Yuventus”: Buffon, Bonuchchi, Aleks Sandro, De Shilyo (Iguain, 69), de Ligt, Pyanich, Matyuidi (Rabo, 73), Remzi (Bentankur, 63), Kuadrado, Ronaldu, Dibala.

Ogohlantirishlar: Ibragimovich (29), Remzi (30), Teo (42), Kessie (58), Kastilyexo (69), Kalabriya (90).

Chetlatish: Teo (71).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!