O‘zbekiston Superligasining 1-tur uchrashuvlari taqvimi va boshlanish vaqtlari ma’lum bo‘ldi.

Foto: PFL

O‘zbekiston chempionatining 2020-yilgi mavsumini 27-fevral kuni “Paxtakor” va “Navbahor” o‘rtasidagi bahs ochib beradi. Mazkur bellashuv Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida 16:00 da boshlanadi.

Qolgan uchrashuvlar 28-fevraldan 1-martgacha o‘tkaziladi. “Lokomotiv” Toshkentda “Andijon”ni qabul qiladi. “So‘g‘diyona” esa Superliga joriy mavsumi debyutanti “Mash’al” maydoniga safar qiladi.

OKMK Toshkent viloyati derbisida “Metallurg” bilan kuch sinashsa, “Qizilqum” va “Nasaf” o‘rtasidagi bahs turni yakunlab beradi.

Superliga

1-tur bahslari

27-fevral, payshanba

16:00. “Paxtakor” — “Navbahor”

28-fevral, juma

14:30. “Qo‘qon-1912” — “Buxoro”

16:45. “Lokomotiv” — “Andijon”

29-fevral, shanba

14:30. “Mash’al” — “So‘g‘diyona”

16:45. OKMK — “Metallurg”

1-mart, yakshanba

14:30. “Surxon” — “Bunyodkor”

16:45. “Qizilqum” — “Nasaf”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!