Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namanganda viloyat hokimining avtomobili yo‘l harakati qoidasini buzganligi uchun jarimaga tortildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Namanganliklar”

Foto: “Namanganliklar”

Voqea joriy yil 6-fevral kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni soat 13:00 atrofida To‘raqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi Farg‘ona halqa yo‘lining 63-kilometrida, Shohidon—Kumidon yo‘nalishida, viloyat hokimligiga tegishli Toyota Prado rusumli davlat raqami 50 050 AAA bo‘lgan avtomobil tezlik soatiga 70 kilometr bilan cheklangan hududda 81 kilometr tezlikda harakatlangani fotoradar qurilmalari yordamida aniqlangan.

Jarima hujjatida qayd etilishicha, bu bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-3-moddasi, 1-qismida ko‘zda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan. Mazkur holat bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida, ya’ni 223 ming so‘m jarima belgilanishiga asos bo‘lgan.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Toyota Prado haydovchisi tomonidan belgilangan jarima uchun to‘lov amalga oshirilgan.

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Viloyat hokimligi ichki ishlar boshqarmasi tomonidan esa hokimlik transport vositalari haydovchilari uchun tushuntirish ishlari o‘tkazilgan va bundan keyingi faoliyatlarida yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Qayd etish joizki, Namanganda hokimlik va uning mutasaddilari tomonidan qonunchilikda belgilangan me’yorlarga rioya etilishi ustidan jiddiy nazorat o‘rnatishga harakat qilib kelinmoqda. Jumladan, oldinroq Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Xudoyberdiyev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, BHMning 20 baravari miqdoridagi jarima jazosiga tortilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov tergov hibsxonasida vafot etdi
Dunyo
Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Dunyo
Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler va 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizaveta. Kun xronologiyasida 6-fevra...