O‘zbekistonda “Kontrrazvedka faoliyati to‘g‘risida” hamda “Tashqi razvedka to‘g‘risida” qonunlarini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2020-yil — “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturida so‘z boradi.
Hujjatlar loyihalarini yaratish Davlat xavfsizlik xizmatiga, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarga topshiriladi. Hujjatlarda O‘zbekiston kontrrazvedkasi va tashqi razvedkasi faoliyatining asosiy tushunchalari, prinsiplari, vazifalari va huquqiy asoslari, ushbu sohada ma’lumot to‘plash va ulardan foydalanish tartibi ko‘rsatiladi.
Ta’kidlanishicha, bir yil davomida Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va DXX xorijlik sheriklari bilan harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish choralarini ko‘rishi kerak.
Xususan, Pokiston hukumati va Mudofaa vazirligi bilan harbiy hamkorlik va harbiy razvedka sohasi bo‘yicha memorandum, Tojikiston Mudofaa vazirligi bilan harbiy razvedka sohasida hamkorlik memorandumi, Qozog‘iston bilan harbiy razvedka sohasida hamkorlik bitimini imzolash kutilmoqda.
Izoh (0)