Unicode tashkiloti emojining 13-versiyasini taqdim etdi, deb xabar bermoqda TJournal. Unda 117 ta emoji — 62 ta yangi belgi va terining ranglari hamda jinsi turlicha bo‘lgan 55 ta emoji variantlari bor.

Foto: Unicode

Tashkilot 2020-yilgi emojilarda gender xilma-xillikka urg‘u bergan.

Yangi emojilar qatoridan yig‘ilgan barmoqlar, ko‘zda yosh bilan kulib turgan yuz, smoking kiygan ayol, fata taqqan erkak, anatomik yurak va o‘pka hamda boshqa ko‘plab emojilar o‘rin olgan.

Foto: TJournal

Ushbu emojilardan 2020-yilning sentabr—oktabr oylarida foydalanish mumkin bo‘ladi. Unicode anonsi tashkilot ushbu smayliklarni tasdiqlab, Apple, Google, Samsung va Microsoft kabi kopmaniyalarga yuborganini bildiradi. Endi kompaniyalar platformalardagi emojilar ro‘yxatiga o‘zlari mustaqil ravishda o‘zgartirish kiritishlari kerak bo‘ladi.