• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Baliq, qarmoq va Captiva haqida

    Xalqaro press klubning Prezident murojaatiga bag‘ishlangan sessiyasida Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ehtiyojmand oilalarga mahalla orqali nafaqa tayinlanishi noto‘g‘ri ekanligi va vazifasini o‘tab bo‘lganini tan olib, buni “professionallar bajarishi kerak”ligini bildirdi.

    Foto: Xalqaro press klub

    Qo‘chqorovning o‘rinbosari Shohrux Shoahmedov Sirdaryo viloyati misolida keltirgan holat esa barchaning kulgisiga sabab bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, viloyatda tajriba tariqasida joriy etilgan yangi tizim mahalladan 400 ming so‘m atrofidagi nafaqa pulini so‘rab murojaat etgan oila ixtiyorida Captiva, Malibu va Nexia borligini aniqlangan.

    Bu misol nafaqalar ajratilishi va sayyor qabullardagi murojaatlar bilan bog‘liq shunga o‘xshash ajabtovur hangomalarni esga soldi.

    Chekka tumanlardan birida uyini ta’mirlashda ko‘mak so‘ragan oilaga homiy sifatida biriktirilgan tashkilot rahbari yordamga otlanibdi. Uyga borib, ko‘zdan kechirib, 5 million so‘mlik hisob-kitobni aytsa, xonadon egalari “biz senga gadoymizmi, uyni boshdan-oyoq ta’mirlab berasan”, deb haydab solibdi.

    Boshqa tumanda esa ishi bitmagani uchun “uchta bolamni o‘zlaring boqib ol!” deb zarda qilib, hokimlikka farzandlarini tashlab ketgan ayolni zo‘rg‘a orqasidan quvib yetishibdi. “Opa, idoramizni bolalar bog‘chasi bilan adashtirib qo‘ydingiz chog‘i”, deb uvvos solayotgan bolalarini qo‘liga tutqazishibdi.

    Hokimlik xodimlarining aytishicha, ayollarini yordam so‘rashga yo‘llab, o‘zlari natijasini mashinasida kutib o‘tiradigan, kattakondan nima undirganini o‘smoqchilaydigan erkaklar ham yo‘q emas.

    Joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda aksar tanish qiyofalarni ko‘rasiz. Ular bir sayyor qabuldan ikkinchisiga ko‘chib yuradi, telefonda bir-birlariga qabullar qayerda o‘tkazilayotgani haqida daraklashadi va kimdan qancha undirgani bilan maqtanadi. Ahvol shu darajaga borib yetdiki, hokimlikdan bir-ikki moddiy yordam olib, buning “sirlari”ni o‘rtoqlashadigan va boshqalarga o‘rtachilik qiladigan professional so‘rovchilar paydo bo‘ldi.

    Shunday qabulga kelgan bir onaxon rahbardan Hajga jo‘natishda moddiy yordam so‘rab murojaat qilibdi. Haj bunga qodir kishiga farz ekanligi haqidagi gapni eshitgach esa jillaqursa yonida yetaklab kelgan kelinini yangi uyga ko‘chirishda ko‘mak so‘rabdi.

    Tashkilotlardan birida ishlaydigan hisobchi do‘stim hikoya qiladi: “Xonamning eshigi taraqlab ochilib, davangirdek yigit kirib keldi. Vajohatidan ot hurkadi. ‘Men kam ta’minlanganman, qani, kim manga yordam beradi?’ deb o‘dag‘ayladi. ‘Bugun kech bo‘ldi, kattaning qabul kunlariga yozilib, arz-dodingizni o‘shanda aytasiz’ deb zo‘rg‘a kuzatvordim”, — deydi u.

    Do‘stimning hikoyasini eshitib, Aqto‘be fojiasida mo‘jiza tufayli omon qolib, oradan biroz vaqt o‘tgach, yana Qozog‘istonga ketishga majbur bo‘lgan to‘raqo‘rg‘onlik Isroil Mirzaahmedovning aytganlari yodimga tushdi.

    Isroil Mirzaahmedov.

    Isroil Mirzaahmedov.
    Foto: “Daryo”

    “Bu yerlarda ilojsizlikdan kelib ishlayapman. Men ham farzandlarimni sog‘inaman. O‘zimga qolsa, hoziroq ona yurtimga, oilam bag‘riga qaytib ketardim. Lekin buning iloji yo‘q — qaytib ketsam, kredit va ovqatga pulni qayerdan olaman, kim beradi? Bersa ham qarzga beradimi — bir kun o‘tmay qaytar deb so‘rab chiqadi. Bu narsalar menga yoqmaydi, yoqmaganligi uchun ham shu yerlarda ishlab yuribman”, — degandi Isroil.

    Ko‘chamizda bir ayol bor. Mahallada arava yetaklab, po‘choq to‘playdi, uyidagi mol-qo‘yga qaraydi. Sut-qatiq qilib sotadi, mahalladagi o‘ziga tanish oilalar nari borsa farzandlari uchun kiyim-kechak, zakotini beradi, lekin bundan ortiq emas. Negadir u va unga o‘xshash insonlarni sayyor qabullarda ko‘rmayman. Ular hatto nafaqa olishlariga ham shubha bilan qarayman. Chunki boriga qanoat qilishga ko‘nikkan, xokisorlik suyak-suyagiga singib ketgan.

    Shavkat Mirziyoyev Parlamentga Murojaatnomasida mazkur muammoni boricha ochiqladi.

    “Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbasiga ega emasligi sir emas. Har qanday mamlakatda bo‘lgani kabi bizda ham kam ta’minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ular taxminan 12—15 foizni tashkil etadi. Bu o‘rinda gap kichkina raqamlar emas, balki aholining 4—5 millionlik vakillari haqida bormoqda.

    Ba’zi odamlar ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to‘lash yoki ularning miqdorini oshirish orqali ushbu muammoni hal etish mumkin, deb o‘ylaydi. Bu — bir tomonlama yondashuv bo‘lib, muammoni to‘la yechish imkonini bermaydi”, — dedi Prezident.

    Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif qildi.

    Bunda e’tiborni nafaqalar yoki moddiy yordamning boshqa turlariga emas, aynan tadbirkorlik tashabbuslari, xususan, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, munosib ish joyi bilan ta’minlashga ahamiyat berishga qaratish zarurligi ta’kidlandi.

    Davlat rahbari ta’biri bilan aytganda, “baliq emas, qarmoq berish” zarur. Istihola shuki, ertaga qarmoq tutqazganlarimiz “buning chuvalchangi qani?” deb hafsalamizni pir qilmasa bo‘lgani...

    29.01.2020, 12:06   Izoh (0)   51283
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.