Oliy Majlis binosi oldida 13-yanvar kuni O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan o‘nlab haydovchilar bojxona qonunchiligidagi o‘zgarishlardan norozi bo‘lib, yig‘ilgani haqida xabar berilgan edi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmatidan “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishlaricha, ular parlament binosi oldida o‘nlab haydovchilar yig‘ilib, norozilik bildirganini OAV xabarlaridan bilgan.

“Ular parlamentga murojaat qilishmagan va binoni qo‘riqlab turgan ichki ishlar organlari xodimlari bilan ham bog‘lanishmagan. Biz ular haqida OAVda xabarlar chiqqanidan so‘ng bildik. Bu fuqarolar hatto parlament qabulxonasiga — ‘Fuqarolar qabuli‘ deb yozilgan binoga ham murojaat qilishmagan”, — deya ma’lum qilgan Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

Xabar to‘ldirilmoqda