Ijtimoiy tarmoqlarda keksa ayolning murojaati tarqaldi. Videomurojaatda Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashovchi ayol o‘zi va qizi qiyin ahvolga tushib qolgani tufayli uyni tozala olmayotgani haqida aytadi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu videorolik Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘rganilib, hokimlik, mahalliy fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari hamda hududiy tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan birgalikda tekshirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yashnobod tumanidagi “Navro‘zobod” mahallasida yashovchi 80 yoshli Marina X. va uning qizi 53 yoshli Svetlana N. davolash muassasasida ro‘yxatga olingan. Oiladagi asosiy daromad Marina X. ning pensiyasi bo‘lib, ularning aksariyati zarur dori-darmonlarni sotib olishga sarflanadi va oziq-ovqat va kommunal xizmatlar uchun pullari deyarli yo‘q.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari ayollarning ijtimoiy-maishiy muammolarini o‘rganib, oilaga yordam berishga qaror qildi. Uy tartibga keltirildi, oziq-ovqat sotib olinib, ovqat tayyorlandi.

Shuningdek, ayollar masalalari bo‘yicha inspektorlar kelib, ularga uy sharoitida yordam beradigan jadvalni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Bundan tashqari, ayollarga bepul tibbiy yordam olish uchun yo‘llanma olishga amaliy yordam berildi.