“Million” jamoasi sardori, boshlovchi Davron Kabulov ikkinchi marta ota bo‘ldi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Instagram / @davronkabulov

“Bayramga bundan yaxshiroq sovg‘a bo‘lishi mumkin emas edi”, — deb yozadi Kabulov qizli bo‘lganini bildirib.

Davron Kabulovning dunyoga kelgan chaqaloqdan tashqari ikki yarim yoshli qizi bor.