Futbol bo‘yicha Ispaniya Superkubogining finalida 12-yanvar, yakshanba kuni Madridning ikki klubi — “Real” hamda “Atletiko” o‘zaro kurash olib bordi.

Foto: Twitter

O‘yin davomida tomonlar darvozasi daxlsizligi saqlanib qolindi va penaltilar seriyasida “Qirollik klubi” g‘alabani ilib ketdi va kubokka ega chiqdi (4:1).

Ta’kidlash joiz, “Real” o‘z tarixida 11-bor mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. Bu borada “Barselona” Madrid klubidan biroz oldinda. Kataloniyaliklar hisobida 13 ta Ispaniya Superkubogi mavjud.

Ispaniya Superkubogi

Final bahsi

12-yanvar, yakshanba

“Real”—“Atletiko” 0:0 (4:1 — penaltilar seriyasi)

“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal, Ramos, Mendi, Varan, Isko (Rodrigo, 60), Kroos (Vinisius Junior, 103), Kazemiro, Valverde, Modrich, Yovich (Mariano Dias, 83)

“Atletiko”: Oblak, Ximenes (Savich, 98), Trippyer, Felipe, Lodi (Lyorente, 89), Errera (Vitolo, 56), Saul, Korrea, Tomas, Joau Feliks (Aryas, 101), Morata

Ogohlantirishlar: Felipe (27), Tomas (74), Mendi (90), Modrich (90), Valverde (111), Adan (111), Korrea (115), Karvaxal (115), Savich (115).

Chetlatish: Valverde (115)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!