Toyota Yaponiyaning Fudziyama tog‘i yaqinida Woven City aqlli shahri qurish rejasini e’lon qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Foto: Toyota

Shahar vodorod yoqilg‘isida faoliyat ko‘rsatadi va avtonomlik, robotlar hamda sun’iy intellektni sinovdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.

Toyota shahar qurilishini 2021-yil boshida yakunlashni rejalashtirmoqda. Kompaniya prezidenti Akiyo Toyoda Woven City’ni “kelajak texnologiyalarini ishlab chiqishning ajoyib imkoniyati” deb baholadi.

Foto: Toyota

Toyota loyihani bir o‘zi amalga oshirmaydi: boshqa tijoriy kompaniyalar va mustaqil tadqiqotchilar ushbu eksperiment sheriklariga aylanadi.

Shaharda Toyota xodimlari va ularning oilalari istiqomat qiladi. Hozircha 175 akr (70 gektar atrofida) maydonda 2 mingga yaqin odam joylashtirilishi ko‘zda tutilmoqda. Loyiha rivojlanishi bilan aholi soni ham ko‘payib boradi.

Foto: Toyota

Woven City uch turdagi — tezkor transport, sekin harakatlanadigan transport va piyodalar harakatiga mo‘ljallangan ko‘chalarga ega bo‘ladi. Ular yagona tarmoqqa birlashtiriladi.

Binolar an’anaviy yapon qurilish texnikasi foydalanish va is gazi asoratlarini kamaytirish uchun asosan yog‘ochdan tiklanadi. Shaharni quvvatlantirishda vodorod yoqilg‘i yacheykalari va quyosh panellari qo‘llanadi.

Shahar bo‘ylab gidroponika va tabiiy o‘simliklardan iborat zonalar joylashadi. Uylarda roboyordamchilar va kundalik hayotda qo‘llash, salomatlikni tekshirib borish uchun datchiklar bilan jihozlanadi.

Foto: Toyota

Shaharning asosiy ko‘chalarida faqat tashlanmalari nolga teng bo‘lgan avtomobillar harakatlanishi mumkin. Jamoat transporti va yuklarni tashish uchun Toyota ishlab chiqargan e-Palette kapsulalaridan foydalaniladi. Dam olish uchun markaziy va mahalliy istirohat bog‘lari ochiladi.