• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    “Ikki yuz yoshli odam” muallifi Ayzek Azimov tavalludiga yuz yil to‘ldi

    Jamiyatda ilm-fanni ommalashtirish g‘oyat dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Ilmiy-ommabop adabiyot esa shubhasiz eng qiziq va foydali mutolaa sohasidir. XX asr ilmiy-ommabop va fantastika asarlari borasida gap ochilganda esa, shubhasiz, butun jahon bo‘yicha janr dahosi Ayzek Azimov yodga olinadi. Millionlab mutolaachiga zavq-shavq bag‘ishlagan, murakkab ilmiy mavzularni xalqchil sodda tilda mohirona bayon eta olishi bilan hammani lol qoldirgan fantast yozuvchi Ayzek Azimov 1920-yilning 2-yanvar sanasida tavallud topgan. “Daryo” kolumnisti Muzaffar Qosimov buyuk yozuvchi haqida hikoya qiladi.

    Azimovni deyarli hamma amerikalik fantast yozuvchi deb biladi. Albatta, uning barcha asarlari ingliz tilida yozilgan va AQShda chop etilgan. Umrining asosiy qismini AQShda yashab o‘tgani ham to‘g‘ri. Lekin u aslida Rossiyada tug‘ilganidan ko‘pchilik bexabar bo‘lsa kerak. Ha, Ayzek Azimov, inqilobdan keyin alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib turgan Rossiyada, hali SSSR tuzilmasidan avvalroq, Smolensk guberniyasida, tegirmonchi oilasida tug‘ilgan. Azimovlar oilasi 1923-yildayoq Nyu-Yorkka muhojirlikka ketgan. Ular Bruklinda o‘rnashib, qandolatchilik do‘koni ochgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ayzek Azimov 1939-yilda Kolumbiya universiteti kimyo fakultetini tamomlagan. Hamma uni fantast-yozuvchi va ilmiy-ommabop asarlar muallifi deb bilsa-da, bu sohalar uning uchun asosiy kasb bo‘lmagan. Ya’ni yozuvchilik faoliyati Azimovning ikkinchi sohasi bo‘lgan xolos. U aslida juda kuchli biokimyogar mutaxassis va olim bo‘lgan. U 1948-yildan e’tiboran uzoq yillar davomida Boston universitetida biokimyo professori bo‘lib ishlagan.

    Azimovda fantastika asarlari yozishga iste’dod borligini u atigi 11 yoshda bo‘lgan paytida tengdosh do‘sti payqab qolgan ekan. O‘shanda Ayzek kichik bir shaharchada yashovchi bolakayning sarguzashtlari haqida qoralama yozgan va o‘qib ko‘rish uchun o‘rtoqlariga bergan. Ular asarni o‘qib chiqib, syujetga qiziqib qolgan va davomini yozishni tinmay so‘rayvergan. XX asrning eng mashhur fantast-yozuvchisi shu tarzda adabiyotga kirib kelgan.

    Uning ilk hikoyasi “Vestaning changalida” deb nomlangan va 1939-yilda Amazing Stories jurnalida chop etilgan. Birinchi urinish u qadar muvaffaqiyatli chiqqan deb bo‘lmaydi. Azimovni haqiqiy mashhurlikka eltgan asari esa “Tun kirishi” deb nomlangan (1941-yilda chop etilgan). Bu hikoyada har 2049 yilda bir marta tun kiradigan noyob sayyoradagi hayot haqida fantastik hikoya qilinadi. Ushbu hikoya qirqinchi yillarda Amerikada katta shov-shuv ko‘targan va turli antologiyalarda 20 marta qayta chop etilib, ikki bora ekranlashtirilgan edi. Shundan keyin Azimov nomi barcha adabiy-badiiy nashrlarda tez-tez uchraydigan bo‘lgan va u mislsiz mashhurlikka erishgan. Olim o‘zi esa aynan shu asari orqali adabiyotga qadam qo‘yganman deb ta’kidlagan.

    Shu tariqa u yozuvchilik faoliyatining birinchi qismida faqat fantastika janrida qalam tebratgan. Uning qahramonlari fikrlovchi robotlar, o‘zga sayyoraliklar, ilm-fan yutuqlari orqali yovuzlikka qarshi kurashuvchi olimlar edi. Boshqa fantastlardan farqli o‘laroq, Azimov hikoya va qissalarida faqat xayolot mahsuli bo‘lgan turli oldi-qochdi sarguzashtlarni emas, kuchli ilmiy asoslangan va mutolaachiga fizika qonunlarini zimdan tanishtirib ketadigan tarzda mohirona bayon qilishi bilan ajralib turgan. Shuningdek, u hali robototexnika rivojlanmagan o‘sha paytlarda, ya’ni 40–50-yillarda odamzotga xizmat qiladigan turli robotlar haqida hikoyalar yozib, muhandis va mutaxassislar qatorida oddiy odamlarni ham robotlar olamiga qiziqtira boshlagan. Uning robotlar haqidagi o‘sha yillari e’lon qilingan “Robbi”, “Yolg‘onchi”, “Men – robot” singari asarlari juda mashhur bo‘lgan. Bu asarlar orqali esa, ta’bir joiz bo‘lsa, Azimov robototexnika uchun qonuniyatlarni (ya’ni robotlar qanday talablarga javob berishi kerak, ulardan nimalar kutish mumkin va hokazo) tavsiflab bergan. Umuman olganda, “robototexnika” so‘zining o‘zi ham aynan uning asarlari orqali fan-texnikaga kirib kelgan. Azimov asarlarida robotlar insonga qanday naf keltirishi va ulardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligi juda qiziq syujetlar asosida yoritib berilgan. Xususan, uning “Yolg‘onchi” asaridagi robot qarshisidagi odamning yolg‘on gapirayotganini sezadi; bu zamonaviy yolg‘on detektorlari uchun g‘oyaviy asos bo‘lgan deyiladi.

    Azimovning bu janrdagi eng mashhur asari “Ikki yuz yoshli odam” (The Bicentennial Man) bo‘lib, u 1976-yilda dunyo yuzini ko‘rgan. Unda ilk bor sun’iy intellekt masalalari ko‘tarilgan va sun’iy ongning odamzot bilan munosabati gavdalantirilgan.

    Azimov asarlaridagi robotlar, boshqa fantastlardagidek, xo‘jayiniga qarshi qo‘l ko‘taruvchi ongsiz mexanik mahluqlar tarzida emas, his-tuyg‘ulardan xoli bo‘lmagan, insonparvarlik borasida esa hatto ayrim odamlardan ham yaxshiroq bo‘lgan ko‘makchi, dastyor mashinalar sifatida gavdalanadi. “Ikki yuz yoshli odam” asarini o‘qigan yoki uning asosida ishlangan filmni ko‘rgan bo‘lsangiz, bunga amin bo‘lasiz.

    60-yillardan boshlab Ayzek Azimov endi fantastika janridan ko‘ra ko‘proq ilmiy-ommabop mavzularga murojaat eta boshlagan. Xususan, u professional sohasi – biokimyo faniga taalluqli “Azot dunyosi”, “Uglerod dunyosi”, “Kimyoning qisqacha tarixi”, “Tibbiyotning qisqacha tarixi”, “Genetik kod” va boshqa kitoblaridan tashqari, yana fizika va matematikaga oid o‘nlab asarlar yozgan. Uning asarlari favqulodda oson o‘qilishi, tushunarliligi va juda ajoyib misollar keltirilishi orqali mutolaachini qattiq qiziqtirib qo‘ygan. Qolaversa, Azimovning atamashunoslik, etimologiya, tarix va dinshunoslikka oid yana o‘nlab kitoblari mavjudki, bularning barchasi kitobxonni ilm-fanning ajoyib sehrlovchi olamiga sho‘ng‘itadi.

    Azimov ilmiy-adabiy faoliyati mobaynida 500 dan ziyod turli asarlar yozganligi bilan tarixga kirgan. Bunchalik ko‘p kitob yoza olgan yozuvchilar zamonaviy dunyoda juda kamdan-kam. Olim-yozuvchi o‘z asarlarida insoniyatni bag‘rikenglikka, o‘zaro ahillikka, millatlar va xalqlar o‘rtasidagi adovatlarga barham berishga chaqirgan. Uning deyarli barcha kitoblarida odamiylik birinchi o‘ringa qo‘yiladi va insonparvarlik tarannum etiladi.

    Azimov asarlari bugungi kunda ham butun dunyo bo‘ylab juda katta mashhurlikka ega bo‘lib, eng ko‘p tillarga tarjima qilingan kitoblar ro‘yxatida uning bir nechta kitobi o‘rin olgan. Uning eng mashhur asarlaridan biri – “Koinot oqimlari” romani o‘zbek yozuvchisi Ozod Mo‘min tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Shuningdek, tarmoqda Azimov asarlarining yana ko‘plab havaskor tarjimalarini uchratish mumkin.

    Ayzek Azimov 1992-yilning 6-aprel sanasida Nyu-Yorkda vafot etgan.

    05.01.2020, 15:32   Izoh (0)   144581
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.