O‘zbekistondagi barcha partiyalarning raislari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining binosi atrofini o‘rab turgan panjaralarni olib tashlash taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Xalqaro matbuot markazida saylovlarni yoritishga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir davomida ma’lum qilindi.

Foto: Xalqaro matbuot markazi

“Deputatlar bir ovozdan mazkur taklifni qo‘llab-quvvatladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Toshkentda ma’muriy binolar atrofidagi panjaralarni olib tashlash boshlangan edi. Xususan, Mudofaa vazirligi markaziy apparatini o‘rab turuvchi baland panjaralar ham olib tashlangandi.