Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “O‘zbekiston florasi. Qo‘ziqorinlar” turkumli yangi pochta markalari muomalaga kiritildi. Bu haqda “O‘zbekiston pochtasi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zbekiston pochtasi” AJ matbuot xizmati

Foto: “O‘zbekiston pochtasi” AJ matbuot xizmati

Pochta markalarida O‘zbekistonning yaxshi va qulay tabiiy-iqlim sharoitida o‘sadigan qo‘ziqorinlarning turlari tasvirlangan. Turkum 4 ta pochta markasidan iborat bo‘lib, kichik varaq ko‘rinishida chop etilgan. Qo‘ziqorinlarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 52x37 mm. Kichik varaqning o‘lchami 140x110 mm. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan. Rassom – S.Farmonov, dizayner – U.Sulaymonov.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan:

  • № 1406. Morchella esculenta nominali – 3200 so‘m
  • № 1407. Pleurotus ostreatus nominali – 3400 so‘m
  • №1408. Pleurotus eryngii nominali – 3500 so‘m
  • №1409. Lepista saeva nominali – 5800 so‘m
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyulida “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “O‘zbekiston ne’matlari” turkumidagi yangi pochta markasi muomalaga chiqarilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi