O‘zbekiston hududida ob-havo o‘zgarib, yog‘ingarchiliklar kuzatilmoqda. Ayrim hududlarda esa qalin tuman tushishi oqibatida avtomobil yo‘llarida ko‘rish cheklanmoqda.
Bu yo‘l harakati qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklarni keltirib chiqarishi, yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkinligi tufayli IIV YHXBB haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi.
“Biz barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini, ayniqsa, tuman tushganligini hisobga olishlarini, zarurat bo‘lmaganda tunggi vaqtlarda harakatlanmaslikni, ayniqsa, tezlik talablariga qat’iy amal qilishlarini, piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishlarini, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so‘raymiz”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Izoh (0)