Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida Milliy gvardiya xodimi ziyoratga kelib, tobi qochgan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi va uning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Milliy gvardiya tomonidan xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida joylashgan Abduxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohi hududida o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimi O.Zikrillayev ziyoratga tashrif buyurgan fuqarolardan biri hushidan ketib yiqilganini ko‘rib qolgan. Shundan so‘ng, u o‘z sherigiga tez yordamga xabar berishni tayinlab, zudlik bilan ushbu fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga kirishgan.

Milliy gvardiya xodimining yordamida hushiga keltirilgan ziyoratchi tez tibbiy yordam yetib kelguniga qadar kuzatuvda bo‘lib, sog‘lig‘i yaxshilanganiga ishonch hosil qilingandan so‘ng kuzatib qo‘yilgan.

Tibbiy yordam ko‘rsatilishi vaqtida ushbu fuqaro Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi I.D. ekanligi aniqlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda