Toshkentning Chilonzor tumanida 3 va 4-dahalar hududidan oqib o‘tuvchi “Bo‘rijar” anhoridan Makarov to‘pponchasi topildi.

“Postda.uz”ning xabar berishicha, to‘pponcha 1-dekabr soat 14:50 larda topilgan. To‘pponcha polietilen paketga qismlarga ajratilgan holda solingan. Shuningdek, polietilen paketda 2 dona o‘qdon va 18 dona o‘q ham bo‘lgan.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘onada “Makarov” to‘pponchasini sotayotgan otaxon qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.