IShID Londonda 29-noyarbda amalga oshirilgan terakt uchun mas’uliyiatni o‘z zimmasiga oldi, biroq terrorchilik tashkiloti pichoq bilan odamlarga hujum qilgan erkakning o‘z odami ekanligini isbotlaydigan dalil taqdim qilmagan. 28 yoshli erkak ozodlikka chiqqan mahbuslar reabilitatsiyasi konferensiyasiga kelgani, xudkushlar nimchasida bo‘lgani, o‘zini portlashini aytib barchaga tahdid qilgani, pichoq bilan besh kishiga zarba berib, ikki odamning hayotiga zomin bo‘lgani ma’lum qilingan. Usmon Xon ushbu jinoyatlardan keyin London ko‘prigi tomon qochgan, u yerda terrorchini politsiya xodimlari otib tashlagan. Hukumat sodiq bo‘lgan voqeani terakt deb atagan.

Foto: AP

Meduza teraktning yangi tafsilotlarini oshkor qildi. Jinoyatchini politsiya yetib kelguniga qadar tadbirga kelgan oddiy fuqarolar xavfsizlantirgan. Uni qo‘lga olganlar orasida qotillik jinoyatini sodir etib qamalgan sobiq mahbus ham bo‘lgan. 42 yoshli Jeyms Ford 2003-yilda nogiron qizni o‘ldirib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, jazoning 15 yil muddati afv qilish shartisiz o‘talishi belgilab qo‘yilgan. Ford afv qilingan va koloniya-manzilgohida jazo muddatining so‘nggi kunlarini o‘tayotgan bo‘lgan. U konferensiya kunidan bir kun ilgari ozodlikka chiqqan. Fordning yaralangan ayollardan birini qutqarishga ham uringani aytilmoqda. Usmon Xonni xavfsizlantirganlar orasida o‘t o‘chirgich ushlagan va yakkashoh shohi bilan qurollangan erkaklar ham bo‘lgan.

Hujum uyushtirgan erkak terrorchilikda ayblanib sudlangan va qamalgan. Qamoqda o‘zini terrorchilik ta’siridan ruhiy yordam olish bo‘yicha dasturga kiritishlarini so‘ragan. 2012-yilda “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda va London fond birjasiga hujum uyushtirganlikda ayblangan pokistonlik muhojirlarning o‘g‘li, Usmon Xon sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Xon advokatining so‘zlariga ko‘ra, mijozi qamoqda bo‘lgan vaqtida “Al-Qoida” mafkurasi xato ekanini anglab yetgan va terrorchilik ta’siridan ruhiy yordam olish bo‘yicha dasturga kiritishlarini so‘ragan. Politsiya Londondagi hujum vaqtida Usmon Xonning sheriklari bo‘lmaganini bildirgan.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra halok bo‘lganlarning biri Kembrij universiteti bitiruvchisi Jek Merritt. U mahbuslar reabilitatsiyasi dasturining koordinatorlaridan biri va konferensiya tashkilotchisi bo‘lgan. Hujum oqibatida vafot etgan ayolning va yaralangan uch nafar fuqaroning ism-shariflari noma’lumligicha qolmoqda.