90-yillar “Setora”, “Bolalar” guruhi, Kumush Razzoqova, Ruslan Sharipov va boshqalar ijrosidagi qo‘shiqlar o‘zbek tinglovchilari, ayniqsa o‘smir yigit-qizlar mehriga sazovor bo‘lgan, kassetalarga yozib olinib, birgalikda kuylangan, raqsga tushilgan. Hozir texnika rivojlangani, qo‘shiqlarni effektlar bilan ming ko‘yga solish mumkin bo‘lgani bilan 30 yil avvalgi xitlarchalik qayta-qayta eshitib jonga tegmaydigan, o‘zgacha musiqa va mazmunga ega qo‘shiqlar kam.

Agar siz haqiqiy san’at ixlosmandi bo‘lsangiz, shuningdek, 90-yillar qo‘shiqlarini yoddan bilaman deb o‘ylasangiz, quyidagi nostalgik qo‘shiqlardan tuzilgan test siz uchun. Unda siz tushirib qoldirilgan jumlalarni topishingiz kerak bo‘ladi.

Test yuklanishini biroz kuting.