Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bir guruh mansabdor shaxslarining kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matubot xizmati xabar berdi.

Foto: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda markazning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari “Davr” bankning Yunusobod filiali, “Ipak yo‘li” bankining Mirzo Ulug‘bek filiali xodimlari hamda “T.S”, “S.F” MChJlari mansabdor shaxslari, “X.U” va “S.P.” xususiy korxonalari rahbarlari noqonuniy daromad orttirish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirgani aniqlandi.

2018 va 2019-yilning o‘tgan davrida markazning jami 15,3 milliard so‘m pul mablag‘lari talon-toroj qilingan.

Hozirda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi  qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.