7-noyabr, payshanba oqshomida futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi guruh bosqichining 4-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

Foto: Twitter/@EuropaLeague

“Sevilya” safarda “Dyudelanj” bilan bahs olib bordi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ispanlar safida Munir al-Haddodiy het-trik qayd etgan bo‘lsa, Moanes Dabbur esa dublga erishdi. Mezbonlarning javob to‘plariga Danel Sinani muallif bo‘ldi.

“Roma” Myunhengladbaxda mehmon bo‘ldi va “Borussiya” bilan o‘ynadi. 35-daqiqada Federiko Fasio o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 64-daqiqaga kelib rimliklar futbolchisi o‘z xatosini tuzatdi va muvozanatni tikladi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggisida nemislar gol urib, g‘alabani ilib ketdi.

“Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Partizan”ni qabul qildi. Meyson Grinvud, Antoni Marsiyal va Markus Reshforning gollari mankunianlarga yirik g‘alabani taqdim etdi.

Quyida barcha o‘yinlarda qayd tilgan natijalar bilan tanishing.

Yevropa Ligasi

4-tur bahslari

A guruhi

“Dyudelanj” Lyuksemburg — “Sevilya” Ispaniya 2:5

Gollar: 0:1 — 17 Dabbur, 0:2 — 27 Munir, 0:3 — 33 Munir, 0:4 — 36 Dabbur, 0:5 — 66 Munir, 1:5 — 69 Sinani, 2:5 — 80 Sinani.

APOEL Kipr — “Qorabog‘” Ozarbayjon 2:1

Gollar: 0:1 — 10 Medvedev, 1:1 — 59 Lukas, 2:1 — 88 Ioannu.

B guruhi

“Kopengagen” Daniya — “Dinamo Kiyev” Ukraina 1:1

Gollar: 1:0 — 4 Stage, 1:1 — 70 Verbich.

“Lugano” Shveysariya — “Malmyo” Shvetsiya 0:0

C guruhi

“Bazel” Shveysariya — “Xetafe” Ispaniya 2:1

Gollar: 1:0 — 8 Artur, 1:1 — 45, penalti Mata, 2:1 — 60 Fray.

“Krasnodar” Rossiya — “Trabzonspor” Turkiya 3:1

Gollar: 1:0 — 27, avtogol Asan, 2:0 — 35 Fernandesh, 3:0 — 90 Ignatev, 3:1 — 90 Nvakaeme.

D guruhi

“Rusenborg” Norvegiya — “Sporting” Portugaliya 0:2

Gollar: 0:1 — 16 Koates, 0:2 — 38 Brunu Fernandesh.

LASK Avstriya — PSV Niderlandiya 4:1

Gollar: 0:1 — 5, penalti Shvaab, 1:1 — 56 Ranftl, 2:1 — 60 Frizer, 3:1 — 77 Klauss, 4:1 — 82 Klauss.

E guruhi

“Latsio” Italiya — “Seltik” Shotlandiya 1:2

Gollar: 1:0 — 7 Immobile, 1:1 — 38 Forrest, 1:2 — 90 Ntcham.

ChFR Ruminiya — “Renn” Fransiya 1:0

Gol: 1:0 — 87 Rondon.

F guruhi

“Vitoriya Gimarayesh” Portugaliya — “Arsenal” Angliya 1:1

Gollar: 0:1 — 80 Mustafi, 1:1 — 90 Bruno Duarte.

“Standard” Belgiya — “Ayntraxt” Germaniya 2:1

Gollar: 1:0 — 56 Vanxoysden, 1:1 — 65 Kostich, 2:1 — 90 Lestenn.

G guruhi

“Reynjers” Shotlandiya — “Portu” Portugaliya 2:0

Gollar: 1:0 — 69 Morelos, 2:0 — 73 Devis.

“Feyenoord” Niderlandiya — “Yang Boyz” Shveysariya 1:1

Gollar: 1:0 — 18, penalti Bergeys, 1:1 — 71 Shpilmann.

H guruhi

“Espanol” Ispaniya — “Ludogorets” Bolgariya 6:0

Gollar: 1:0 — 4 Melendo, 2:0 — 19 Lyuis Lopes, 3:0 — 36, penalti Vargas, 4:0 — 52 Kampusano, 5:0 — 73 Pedrosa, 6:0 — 76 Ferreyra.

“Ferensvarosh” Vengriya — SSKA Rossiya 0:0

I guruhi

“Volfsburg” Germaniya — “Gent” Belgiya 1:3

Gollar: 1:0 — 20 Joao Viktor, 1:1 — 50 Yaremchuk, 1:2 — 65 Depuatr, 1:3 — 76 Ngade-Ngadjui.

“Aleksandriya” Ukraina — “Sent-Eten” Fransiya 2:2

Gollar: 0:1 — 24, penalti Xazri, 0:2 — 72 Kamara, 1:2 — 84 Bezborodko, 2:2 — 90 Zaderaka.

J guruhi

“Borussiya M” Germaniya — “Roma” Italiya 2:1

Gollar: 1:0 — 35, avtogol Fasio, 1:1 — 64 Fasio, 2:1 — 90 Tyuram.

“Volfsberg” Avstriya — “Istanbul” Turkiya 0:3

Gollar: 0:1 — 73, penalti Vishcha, 0:2 — 84 Krivelli, 0:3 — 87 Krivelli.

K guruhi

“Vulverhempton” Angliya — “Slovan” Slovakiya 1:0

Gol: 1:0 — 90+2 Ximenes.

“Braga” Portugaliya — “Beshiktosh” Turkiya 3:1

Gollar: 1:0 — 14 Paulinyu, 1:1 — 29 Boyd, 2:1 — 37 Paulinyu, 3:1 — 81 Eduardu.

L guruhi

“Ostona” Qozog‘iston — AZ Niderlandiya 0:5

Gollar: 0:1 — 29 Boadyu, 0:2 — 52 Midtshe, 0:3 — 57 Idrissi, 0:4 — 75 Xatsidyakos, 0:5 — 77 Boadyu.

“Manchester Yunayted” Angliya — “Partizan” Serbiya 3:0

Gollar: 1:0 — 21 Grinvud, 2:0 — 33 Marsyal, 3:0 — 49 Reshford.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!