UEFA tashkiloti Yevropa Chempionlar Ligasi 4-turi yakunlariga ko‘ra, haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomini e’lon qildi.

Foto: UEFA

Bu nomga “Real” hujumchisi Rodrigo Goes loyiq ko‘rildi. 18 yoshli futbolchi “Galatasaroy”ga qarshi kechgan o‘yinda (6:0) uchta gol va bitta samarali uzatmani amalga oshirgandi.

Rodrigo bu yo‘lda quyidagi futbolchilarni ortda qoldirdi:

Ashraf Hakimi (“Borussiya D”) — “Inter”ga qarshi o‘yinda (3:2) ikkita gol

Keylor Navas (PSJ) — “Bryugge”ga qarshi o‘yinda (1:0) to‘rtta seyv

Son Hyon Min (“Tottenhem”) — “Srvena Zvezda”ga qarshi o‘yinda (4:0) ikkita gol va bitta samarali uzatma

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!