Hindistonning eng yirik kino kompaniyalaridan biri hisoblangan Panorama Studios O‘zbekistonda “Khuda Hafiz” nomli romantik jangari filmni suratga olish ishlari davom etmoqda. Bu haqda “Daryo”ga “O‘zbekkino” matbot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “O‘zbekkino” matbuot xizmati

Film rejissor Faruk Kabir tomonidan suratga olinmoqda. “Khuda Hafiz” filmini suratga olishda qatnashish uchun Hindistondan 130 kishi hamda AQSh, Rossiya va qator Yevropa mamlakatlaridan 30 kishi O‘zbekistonga kelgan. Filmni suratga olish ishlari 14-oktabrda boshlangan edi. Ushbu loyihada Muqimiy teatrining mahoratli aktyori Otabek Haqberdiyev ham suratga tushmoqda.

Foto: “O‘zbekkino” matbuot xizmati

Shu bilan birga ijodiy jarayonda O‘zbekistondan ham aktyorlar, texnik xodimlar jalb qilingan. O‘zbekistondagi suratga olish ishlari budjeti salkam bir million dollarni tashkil qilishi kutilmoqda. Film Toshkent va Xiva shaharlarida suratga olinadi. Shundan so‘ng ijodiy guruh o‘z ishini Hindistonda davom ettiradi.

Foto: “O‘zbekkino” matbuot xizmati

Foto: “O‘zbekkino” matbuot xizmati

Foto: “O‘zbekkino” matbuot xizmati

Foto: “O‘zbekkino” matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, “Khuda Hafiz” filmi romantik-ekshn janrda bo‘lib, bosh rolni Vidyut Jamvall ijro etmoqda.

Vidyut Jamvall
Foto: Google Images

Kinokartina haqidagi dastlabki ma’lumotlarni filmning menejeri, kinotanqidchi Taran Adarsh Twitter sahifasida chiqargan. Film syujetiga hayotiy voqealar asos qilib olingan. Kartina premyerasi 2020-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.