O‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov 16-dekabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkaziladigan boks kechasida jang o‘tkazadi, deya xabar qilmoqda Olamsport.

Foto: Olamsport”

G‘oibnazarovning murabbiyi Abror Tursunpo‘latovning ma’lum qilishicha, Fazliddinda AQSh vizasi bilan bog‘liq muammolar bor. Shu sabab bokschining promouteri hisoblangan Top Rank unga Qozog‘istonda jang tashkil qilib bergan.

“Viza bilan bog‘liq muammo sabab G‘oibnazarovning AQShga yo‘l olishi biroz qiyin kechikmoqda. Bu vaziyatda Top Rank Fazliddin uchun Olmaotadagi boks oqshomidan jang tashkil etib bermoqda. Top Rank va MTK Global kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Tez orada Fazlidinning raqibi e’lon qilinadi. Hozirda bu borada muzokara davom etyapti”, — deydi Tursunpo‘latov.

Eslatib o‘tamiz, Fazliddin G‘oibnazarov so‘nggi jangini shu yilning may oyida AQShning Arizona shtati, Tuson shahrida amerikalik Maykl Foksga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy berib qo‘ygandi (92:96, 92:96, 93:95).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!