Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vazirlar Mahkamasida 29-oktabr kuni O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha Komissiya majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda, jumladan, 2020-yilgi Davlat dasturining Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga kiritish uchun tayyorlangan takliflar haqida so‘z yuritildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Daryo” muxbirining senator Zayniddin Nizomxo‘jayev so‘zlariga asoslanib ma’lum qilishicha, mutasaddi vazirlik va idoralardan 100 ga yaqin asoslantirilgan takliflar qabul qilingan, har bir taklif ishchi guruhlarda atroflicha muhokama etilgan va yakuniy hujjat xulosa sifatida Prezident administratsiyasiga kiritilgan.

Ma’lum qilinishicha, aholi bandligini ta’minlash sohasida Davlat dasturiga kiritish uchun quyidagicha takliflar bildirilgan:

  • 2020-yil uchun Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish davlat buyurtmasini ishlab chiqish;
  • Milliy professional standartlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
  • “Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish;
  • Mavjud muammolarni o‘rganib, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish;
  • Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni reintegratsiya qilish bo‘yicha markazlar tashkil qilish.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi