Vashingtonda Shlakoblok laqabli mushukni ozdirish uchun maxsus dastur belgilandi. Dastur maxsus yugurish yo‘lakchasida mashqlar bajarishni o‘z ichiga oladi, deb xabar qildi Meduza.

Kadr: YouTube

Biroq Shlakoblok bilan ishlovchi veterinarlar yalqovlik va jonivorlarning ayyorligi haqida ta’lim olmagan ko‘rinadi. Mashq davomida mushuk shunchaki konteynerning burchagiga o‘tirib olib, bittagina panjasini qimirlatib turgan. Endilikda Shlakoblok uchun boshqa mashq turlarini o‘ylab topish lozimligi aytilmoqda.