O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashi doirasida safarda Singapurga qarshi o‘ynaydi.

Foto: O‘FA

Shu kunga qadar bu ikki jamoa o‘zaro ikki bor to‘qnash kelgan. JCh—2010 saralash bosqichi doirasida kechgan ikki o‘yinda o‘zbekistonliklarning g‘alabasi qayd etilgan.

2008-yil 2-iyunda bo‘lib o‘tgan safardagi bahsda O‘zbekiston terma jamoasi 7:3 hisobda g‘alabaga erishgandi. O‘shanda Server Jeparov dubl qayd etgan, yana Temur Kapadze, Viktor Karpenko, Vitaliy Denisov, Aziz Ibragimov va Maksim Shatskixlar bir martadan gol urgandi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yinda esa Singapur termasi minimal hisobda mag‘lub etilgan. Aleksandr Geynrixning 80-daqiqa kiritgan yagona goli maydon egalariga g‘alaba keltirgandi. Biroq keyinchalik bahs natijasi FIFA tomonidan bekor qilinib, Singapurga texnik mag‘lubiyat yozilgandi. Uchrashuvda Singapur terma jamoasi maydonga tushishi mumkin bo‘lmagan futbolchi xizmatidan foydalangandi.

JCh—2010 saralashi

02.06.2008

Singapur — O‘zbekiston 3:7

Gollar: 0:1 — 10 Temur Kapadze, 1:1 — 16 Aleksandr Durich, 1:2 — 22 Viktor Karpenko, 2:2 — 31 Fahrudin Mustafich, 2:3 — 34 Server Jeparov, 2:4 — 44 Server Jeparov, 2:5 — 42 Vitaliy Denisov, 2:6 — 62 Aziz Ibragimov, 3:6 — 73 Jon Uilkinson, 3:7 — 88 Maksim Shatskix

07.06.2008

O‘zbekiston — Singapur 1:0 (3:0 texnik g‘alaba)

Gol: 1:0 — 80 Aleksandr Geynrix

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!