Columbus Direct tadqiqot kompaniyasi ekspertlari dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan va turistlar bilan to‘lib-toshgan manzillar reytingini e’lon qildi.

Foto: Columbus Direct

Mutaxassislar mazkur ro‘yxatni bir kunda bir kvadrat milga (bu o‘lchov 2,58999 kvadrat kilometrga teng) to‘g‘ri keladigan turistlar sonidan kelib chiqib tuzdi.

Aniqlanishicha, har bir kvadrat milga taxminan 5 ming sayyoh to‘g‘ri keladigan Tailanddagi Pxuket oroli turistlar bilan eng gavjum joy hisoblanadi.

Palma-de-Mayorka
Foto: Google Images

Keyingi o‘rinlarda Ispaniyaning Palma-de-Mayorka shahri (2,9 ming turist), Tailandning Pattayya shahri (2,7 ming) va Parij (1000 kishi) qayd etildi.

Pattayya shahri
Foto: Google Images

Shuningdek, turistlar oqimi to‘xtamaydigan manzillar o‘ntaligiga Barselona (bir kvadrat milga 605 nafar turist), Kuala-Lumpur (367), Milan (344), Osaka (268), Singapur (127) va Nyu-York (119 nafar turist) ham kirdi.