Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi “Metan Glass” avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasida gaz to‘ldirayotgan taksi portlab ketgan.

Foto: “Kun.uz”

Voqea 22-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:20 da sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida Nexia tiklab bo‘lmas holatga kelgan.

“Kun.uz”ning xabar berishicha, mashina portlashi chog‘ida uning ichida haydovchining o‘zi bo‘lgan. Boshqa hech kimga ziyon yetmagan.

“Haydovchi tirik, uning ahvoli yaxshi, shifoxonada”, — deyiladi xabarda.