AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasining navbatdagi sessiyasida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashishni istamasligini ma’lum qildi, shu bilan birga bunday vaziyat yuzaga kelib qolishi mumkinligini ham inkor etmadi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Foto: Reuters

“Men u bilan uchrashish niyatida emasman. Hozirda ularni bunga tayyor deb bilmayman, biroq ular tayyor bo‘ladi. Men hech qachon hech nimani rad etmayman, biroq u bilan uchrashmaslikni ma’qul ko‘raman”, — deydi Amerika prezidenti.

AQSh va Eron o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan hafta Saudiya Arabistonidagi neftni qayta ishlash kompaniyasiga uyushtirilgan hujumdan so‘ng yanada keskinlashdi. Hujum bo‘yicha mas’uliyatni yamanlik isyonchi xusiylar o‘z bo‘yniga olgan bo‘lsa-da, AQSh bunda Eronni ayblamoqda.